Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 336 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


GRANT TANLOVI E'LON QILINADI

×

 2022-10-27 14:15:16    102

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish-demokratik huquqiy davlat qurishning garovi” mavzusida quyidagi yo’nalishlarda davlat granti uchun 4-tanlovi e'lon qilinadi:

1. Axborot ochiqligini ta'minlash va korruptsiyaga qarshi kurashda NNT va FJBI faolligini oshirish va keng ko’lamli jamoatchilik nazoratini yo’lga qo’yish.

- Davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, viloyat, tuman va shahar hokimliklarida tuzilgan korruptsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyatini amalga oshirishda amaldagi qonunchilik talablari asosida NNT va FJBI bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish;

- Korruptsiyaning davlat va jamiyat rivojiga salbiy ta'sir ko’rsatuvchi xavfli omil, mamlakat rivojiga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hodisa ekanini targ’ib etishda NNT va FJBI faolligini oshirish;

- “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” tamoyili asosida NNT va FJBIning davlat tashkilotlari bilan amaldagi qonunchilik talablari asosida jamoatchilik nazoratini yo’lga qo’yish, zarur holatlarda memorandum va boshqa kelishuvlarga erishish orqali hamkorlikda ishlar tashkil etish.

2. O’zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish, jabrlanuvchi va ijtimoiy zaif guruhga yordam ko’rsatishni tashkillashtirishda NNTlarning roli:

- NNTlar va FJBIning davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Odam savdosiga qarshi kurashish va xavfsiz migratsiya”ga ko’maklashish;

- Odam savdosi jabrlanuvchilari va odam savdosi bilan to’qnash kelish havfida bo’lgan ijtimoiy zaif guruhlarni identifikatsiya qilish (identifikatsiya jarayonida aniqlanishi, aniqlik kiritilishi zarur bo’lgan holatlar);

- Odam savdosi jabrlanuvchilari va ijtimoiy zaif guruhlarni qayta yo’naltirish mehanizmi bo’yicha mutaxassislarni jalb etish;

- Hududlarda MFYlar bilan hamkorlikda odam savdosi jabrlanuvchilari va ijtimoiy zaif guruhlarlarga mansub bo’lgan fuqarolarga xafsiz migratsiya bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borish.

3. Qishloq aholisining media axborot savodxonligini oshirish, turli yot g’oyalar ta'siridan saqlash:

- qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholini internetdagi axborotdan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalariga o’rgatish, mahallalar telegram guruhlariga mavzu yuzasidan zarur ma'lumotlarni joylab borish;

- ularning internet tarmog’i orqali turli moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirishlarida nimalarga e'tibor qaratishlari kerakligi bo’yicha bilimlarini oshirish, qo’llanmalar ishlab chiqish va aholiga yetkazish choralarini ko’rish;

- internetdan foydalanishda axborot xavfsizligi, xususan terrorizm, ekstremizm g’oyalariga qarshi kurashish bo’yicha zarur tushuntirishlar olib borish, do’stlik, hamkorlik, bag’rikenglik g’oyalarini targ’iboti yuzasidan uchrashuvlar o’tkazish, mahallalarda tashkil etilgan telegram guruhlariga bu borada ma'lumotlarni joylab borish.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining telegramdagi “Farg’ona NNT” (https://t.me/+sWntIjkWE9o5Y2My) guruhiga joylashtirilgan talablar shaklida to’ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi o’zgartirish va qo’shimchalar bilan davlat ro’yxatidan o’tgan NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnoma nusxasi;

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nushasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo’llab-quvvatlash xatlari;

7. Tashkilotni hududiy Davlat soliq inspektsiyasidan qarzdor emasligi haqida ma'lumotnoma.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 mln. so’mgacha.

Hujjatlarni qabul qilish 2022 yil 25 oktyabr kunidan 25 noyabr kunigacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov bo’yicha hujjatlar muhrlangan konvertda (A4 format): Farg’ona shahri B.Marg’iloniy ko’chasi 105-uy manzilidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 1-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga yuborilishi so’raladi.

Ma'lumot uchun telefon: 93 732-77-87, 99 002-75-00, 91 665-08-98


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram