Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 102 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA "SIZ BIZ UCHUN QADRLISIZ” SHIORI OSTIDA MADANIY TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2022-10-28 16:19:46    79

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat teatr va kontsert saroyida “Siz biz uchun qadrlisiz” shiori ostida madaniy tadbir bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va Reablitatsiya va moslashtiruv markazi viloyat bo’limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirga viloyatning shahar va tumanlaridan ijtimoiy ko’makka muhtoj, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan, probatsiya va profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi ham ushbu toifadagi ayollarni jamiyatimizdan chetga chiqarib qo’ymaslik, ularni oilasi, yaqinlari uchun kerakligini his qildirish, ko’nglini ko’tarish, jamiyatga qaytarishdan iborat.

Madaniy tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig’i Komila Kavlonova yurtimizda xotin-qizlar uchun ayniqsa, ko’makka muhtoj xotin-qizlarga barcha imkoniyatlar eshigi ochilayotgani, o’z mehnati bilan oilasi, ro’zg’orini but qilib yashash, farzandlari tarbiyasi, kelajagi uchun mehr-muhabbatlari zarurligini qayd etdi. Ularning baxtli kunlari farzandlari baxtida albatta ro’yobga chiqishligiga, baxtli hayot oilasi, farzandlari, ota-ona va do’stlari davrasida ekanligini doimo yodda tutishlarini ta'kidladi.

Bayram tadbiri davomida ishtirokchilarga sovg’alar ulashildi, 20 nafar xotin-qizlarga Xorazm viloyatiga sayohat qilish uchun 3 kunlik yo’llanma berildi. Bundan tashqari, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida 10 nafar ayollarning farzandlari uchun o’z hududlaridagi sport to’garaklariga bepul yo’llanmalar ham taqdim qilindi.

Viktorina o’yinlarida ishtirok etib, g’olib bo’lgan 10 nafar ayollar yoki ularning farzandlari uchun Farg’ona shahridagi “Ibratli bekam” o’quv markazida 10 xil yo’nalishda o’qishlari uchun bepul yo’llanmalar ham topshirildi.

Maktab o’quvchilari tomonidan aytilgan she'rlar, viloyat madaniyat uyi xodimlari va xushovoz xonandalar ijrosidagi qo’shiqlar, raqqosalarning chiqishlari barchaga birdek manzur bo’ldi.




























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram