Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DINLARARO TOTUVLIK VA BAG’RIKENGLIK - YUKSALISH POYDEVORI

×

 2022-10-28 17:03:13    62

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida faoliyat olib borayotgan noislomiy diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirokida seminar bo’lib o’tdi.

Seminarni viloyat hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo’yicha kotibiyat mudiri Mo’ydinjon Xolmatov ochib berdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo’yicha qo’mita, viloyat adliya boshqarmasi va daxldor tashkilotlar hamkorligida o’tgan tadbirda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun ijrosi kun tartibidan o’rin oldi.

So’z olganlar tomonidan diniy tashkilotlarning to’laqonli faoliyat olib borishlariga ko’maklashish asosiy maqsad ekanligi qayd etildi.

E'tiqodlar xilma-xil bo’lgan va ko’p millatli jamiyatda bag’rikenglik, hamjihatlik va o’zaro totuvlik muhiti, insonparvarlik va mehr-oqibat tuyg’ularini shakllantirish hamda mustahkamlash ijtimoiy hayot farovonligiga erishishning bosh omili ekanligiga e'tibor qaratildi.

Milliy qonunchilik doirasida diniy faoliyat yuritish masalasi muhokama qilindi.

Yakunda diniy tashkilotlar rahbarlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram