Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 57 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAGI UZSUNGWOO KORXONASIDA MARKAZIY OSIYODA YAGONA METALLARGA QIZDIRILGAN HOLDA ISHLOV BERISH LINIYASI ISHGA TUSHIRILDI

×

 2022-10-29 16:30:03    86

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi Uzsungwoo qo’shma korxonasida Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan 10 million dollarlik loyiha qiymatiga ega metallarga qizdirilgan holda ishlov berish liniyasi tantanali tadbir bilan ishga tushirildi.

Eng so’nggi texnologiyalar asosida ishlovchi tsex to’liq avtomatlashgan bo’lib, Schuler, Prima Power, Benteler va Aotto kabi dunyoning eng old mashinasozlik kompaniyalarida ishlab chiqarilgan po’lat o’ramdan kerakli o’lcham olish, qizdirib presslash, lazerda kesish uskunalari o’rnatilgan.

Yangi liniya ishga tushirilishi natijasida korxonaning yillik ishlab chiqarish hajmi 95 million dollarga yetadi. Markaziy Osiyoda yagona ushbu texnologik jarayonning o’zlashtirilishi yurtimizda ishlab chiqarilayotgan Tracker va Onix rusumli avtomobillar uchun 20 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirish imkonini ham berdi. Metallarga qizdirilgan holda ishlov berish liniyasida yillik qiymati 19 million dollarlikdan ziyod 2,4 million dona mahsulot ishlab chiqariladi.

Joriy yil boshida amalga oshirishga kirishilgan loyihaning ishga tushishi natijasida 120 ta yangi ish o’rni yaratildi. 

Uzsungwoo MChJ qo’shma korxonasining tashkil etilgan 2012 yildan buyon viloyatimizga kiritgan investitsiyalari hajmi qariyb 60 million dollarga yetdi. O’zbekiston avtomobil sanoatida mustahkam o’ringa ega korxonada 10 yildan buyon yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun katta va o’rta o’lchamdagi 300 dan ortiq nomdagi shtamp-payvandlangan qismlar ishlab chiqariladi. Korxonada faoliyat yuritayotgan ishchilar soni 900 nafardan oshdi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram