Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZ MAHALLALARIDA SPORT MAYDONCHALARI QAD ROSTLAMOQDA

×

 2022-10-29 16:30:53    66

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizdagi 19 ta tuman va shaharlarning barcha mahallalarida bosqichma-bosqich zamonaviy vorkaut va stritbol maydonchalari barpo etilmoqda.

Joriy yilning o’tgan davrida 14 ta hududda - Farg’ona, Quvasoy, Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida, Toshloq, O’zbekiston, Beshariq, Oltiariq, Yozyovon, Bag’dod, Qo’shtepa, Rishton, Uchko’prik hamda Farg’ona tumanlarida bir donadan mana shunday zamonaviy sport maydonchalari qurilib foydalanishga topshirildi. Qolgan 5 ta hududlarda – So’x, Buvayda, Dang’ara, Furqat, Quva tumanlarida qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari respublika bosqichi doirasidagi g’olib va sovrindor bo’lgan hamda hududida sport infratuzilmasi mavjud bo’lmagan mahalla terma jamoalari uchun stritbol, vorkaut va universal sport maydonchalarini qurib berilishi ko’zda tutilgan.

“Besh tashabbus olimpiadasi” 1-mavsum yakuniga ko’ra, viloyatimiz sportchilari tomonidan respublika final bosqichida jami 24 ta 5 ta 1-o’rin, 10 ta 2-o’rin, 9 ta 3-o’rin qo’lga kiritildi. Qo’lga kiritilgan natijalar natijasida Respublika sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan 24 ta sport maydonchalari (1-o’rin uchun 5 ta universal sport maydonchalari, 2-o’rin uchun 10 ta stritbol maydonchalari, 3-o’rin uchun 9 ta vorkaut maydonchalari) qurilishi uchun g’olib bo’lgan yoshlarimizga sertifikatlar topshirildi.

Bugungi kunda mazkur sertifikatlar asosida barcha shahar va tumanlarda sport maydonchalari qurilishi uchun yer maydonlari ajratilgan, hozirda zarur bo’lgan sport jihozlari yetkazilib, qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram