Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2022-11-11 15:53:55    56

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag’ishlangan seminar bo’lib o’tdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o’rinbosari Bahodir Umurzaqov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan seminarda yangi kodeksning mazmun-mohiyatini huquqni qo’llovchilarga tushuntirish, uning ijrosini ta'minlash kabi ustuvor masalalar muhokama qilindi.

 Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning muhim bo’lagi hisoblangan “Inson qadri uchun” tamoyilining bosh maqsadi ham inson va uning mehnatini qadrlashga e'tiborni kuchaytirishdan iboratligi, mamlakatimizda aholi soni yildan-yilga oshib borayotgani sababli har yili minglab yoshlar mehnat bozoriga kirib kelayotganiga seminarda alohida e'tibor qaratildi.

Bunday sharoitda mehnat qonunchiligini modernizatsiya qilish bilan bog’liq vazifalarni amalga oshirish davr talabi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, Mehnat kodeksi bugungi kun talablari asosida yangilanib, fuqarolarimizning mehnatga doir huquqlarini ta'minlash bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari belgilandi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida Prezidentimiz taklif etgan g’oyalar, fikr-mulohazalar va tashabbuslarni aks ettirishga erishildi, muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab yangi normalar kiritildi.

Seminarda so’z olganlar ushbu hujjat mazkur sohadagi qator muammolarni, mehnat bozoridagi vaziyatni inobatga olib, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda, qonuniy hal qilishda, ishlagan ishiga, ish beruvchi esa kiritgan sarmoyasiga munosib tarzda e'tibor va rag’batga ega bo’lishini kafolatlaydigan muhim huquqiy asos bo’lib xizmat qilishini qayd etdilar.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram