Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA YAPONIYANING OSAKA HAMDA CHIBA PREFEKTURALARI O’RTASIDA HUDUDLARARO HAMKORLIK ALOQALARI O’RNATILDI

×

 2022-12-13 17:15:52    320

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 5-11 dekabr kunlari viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining Yaponiyaga amaliy tashrifi davomida Osaka hamda Chiba prefekturalari bilan hududlararo hamkorlik aloqalari o’rnatildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va viloyat rasmiylari tashrif davomida Osaka hamda Chiba prefekturalarida bo’lib, har ikki hudud ma'muriyati bilan samarali muzokaralar o’tkazdilar. Chiba prefekturasi gubernatori Toshixito Kumagai hamda Osaka prefekturasi gubernatorining birinchi o’rinbosari Ebihara Satoshi bilan o’tkazilgan uchrashuvlarda investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy hamkorlikni, sanoat, turizm, madaniyat va ta'lim yo’nalishlarida amaliy aloqalarni yo’lga qo’yish, Farg’onada Yaponiya kompaniyalari tomonidan qator sohalarda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish kabi o’zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.

E'tiborli jihati, uchrashuvlar davomida har ikki prefektura rahbarlari Prezidentimiz boshchiliklarida so’nggi yillarda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlardan yaxshi xabardor ekanliklarini ko’rsatib, o’zaro hamkorlik uchun yo’nalishlarni aniq belgilab olganlari bo’ldi.

Ebihara Satoshi Yaponiyaning turizm, moda va shopping markazi bo’lgan Osaka shahrida 2025 yilda o’tkaziladigan “Ekspo-2025” Jahon ko’rgazmasida O’zbekiston tomonidan tashkil etiladigan milliy pavilonda alohida Farg’ona viloyati bo’limini tashkil etish taklifini o’rtaga tashladi va bu borada har tomonlama amaliy yordam ko’rsatishga tayyorligini bildirdi.

Yaponiyaning sanoat bo’yicha eng rivojlangan hududi bo’lgan Chiba prefekturasi gubernatori Toshixito Kumagai Farg’ona viloyatining iqtisodiy salohiyatlarini o’rganib chiqqanini ta'kidlab, sanoat, qishloq xo’jaligi va baliqchilik yo’nalishlarida hamkorlik o’rnatishdan mamnun bo’lishini ta'kidladi. Ushbu prefekturaning turli sohalardagi 18 ta yirik sanoat va xizmat ko’rsatish korxonalari hamkorlik uchun saralab olindi.

Hududlararo iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida 2023 yil 2-choragida Farg’ona shahrida Yaponiya-Farg’ona biznes forumini tashkil etish borasida kelishib olindi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram