Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 98 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA “FERGANA FERMER EXPO ÖZBEKISTAN – 2022” KO’RGAZMASI BO’LIB O’TADI

×

 2022-12-13 20:15:58    59

PDF yuklash
Chop etish


14-15 dekabr kunlari Farg’ona shahrida “Fergana Fermer Expo Özbekistan – 2022” qishloq xo’jaligi, chorvachilik va dorivor o’simliklar investitsion tijorat ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Farg’ona viloyati hokimligi, Qishloq xo’jaligi vazirligi, viloyat AKIS (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi) Agroxizmatlar markazi hamda Turkiyaning Selchuq universiteti hamkorligida tashkil etilayotgan ko’rgazmada O’zbekiston va Turkiyaning qishloq xo’jaligi va chorvachilik sohasi mas'ullari va mutaxassislari, ishbilarmonlar ishtirok etishadi.

Forum davomida “O’zbekiston va Turkiya o’rtasida paxta yetishtirish va paxta tozalash sanoatida, chigit delintatsiyasida hamkorlik va ikki davlatning tajribalari”, “Chorvachilik xo’jaligi va rivojlantirishda yangi texnologiyalarning ahamiyati”, “Ilg’or innovatsiyalar asosida Farg’onada zamonaviy intensiv bog’dorchilik va 12 oy davomida meva eksporti qilish imkoniyatlari” va “Qishloq xo’jaligida zamonaviy texnologiyalar” mavzularida panel sessiyalar bo’lib o’tadi.

16 dekabr kuni esa “O’zbekiston va Turkiya hamkorligi va investitsiya imkoniyatlari” mavzusida ikki davlat ishbilarmonlari hamda rasmiy idoralari vakillari o’rtasida biznes tadbir hamda muzokaralar o’tkaziladi.

Sohaga aloqador barcha tadbirkorlar, tashkilotlar vakillari, klasterlar va fermer xo’jaliklari rahbarlari hamda qiziqish bildirgan fuqarolar ko’rgazmada ishtirok etishga taklif qilinadi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram