Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 221 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON HUDUDLARINING YASHASH UCHUN QULAYLIK REYTINGIDA FARG’ONA VILOYATI UCH POG’ONA YUQORILAB, 4-O’RINNI QAYD ETDI

×

 2022-12-21 18:22:17    64

PDF yuklash
Chop etish


Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari tomonidan O’zbekiston hududlarining yashash uchun qulaylik reytingi (Liveability ranking) tuzildi.

Bunda The Economist Intelligence Unit nashri tomonidan har yili dunyo shaharlari bo’yicha e'lon qilinadigan The Global Liveability Ranking metodologiyasidan foydalanildi.

Reyting hududlardagi ijtimoiy osoyishtalik, sog’liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, atrof-muhit va infratuzilmaviy qulayliklar kabi yo’nalishlarga oid 37 ta ko’rsatkichni o’zida jamlagan kompozit indeks asosida tuzilgan bo’lib, 2020-2021 yillar uchun hisoblandi.

Tahlil natijalariga ko’ra, Toshkent shahri (reyting ko’rsatkichi 65), Buxoro (57), Navoiy (49) va Farg’ona (48) viloyatlari 2021 yilda O’zbekistonda yashash uchun eng qulay hududlar bo’lgani aniqlandi.

2020-2021 yillarda reyting holatida quyidagi o’zgarishlar ro’y berdi:

Farg’ona viloyati 7-pog’onadan 4-pog’onaga, Toshkent viloyati 12-pog’onadan 9-pog’onaga ko’tarilgan, Qoraqalpog’iston Respublikasi 9-pog’onadan 12-pog’onaga, Samarqand viloyati 4-pog’onadan 5-pog’onaga, Jizzax viloyati 5-pog’onadan 6-pog’onaga hamda Andijon viloyati 5-pog’onadan 6-pog’onaga tushgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram