Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 208 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA OILAVIY BOLALAR UYLARI TARBIYALANUVCHILARI HAMDA VASIYLIKKA VA HOMIYLIKKA OLINGAN BOLALAR UCHUN YANGI YIL BAYRAMI TADBIRI TASHKIL ETILDI

×

 2022-12-23 16:42:49    74

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Wine Garden” tantanalar majmuasida viloyatimizdagi 15 ta oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalar uchun Yangi yil bayrami tadbiri tashkil etildi.

Viloyat shahar va tumanlaridan kelgan 102 nafar o’g’il-qizlar, ularning tutingan ota-onalari, vasiylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida o’tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Milliy gvardiya viloyat bo’yicha boshqarma boshlig’i Shavkat Akbarov ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yig’ilganlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, tadbirda ishtirok etayotgan o’g’il-qizlar kelajakda Vatanimizga, xalqimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlar bo’lib yetishishlariga tilak bildirdi.

Davlatimiz rahbarining taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni oila sharoitida voyaga yetishlarini ta'minlashga qaratilgan tashabbuslari va qarorlari, bag’rikeng xalqimizning milliy qadriyatlarimizdan kelib chiqqan yondashuvi natijasida yetim hamda ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimi joriy etilgani alohida qayd etildi.

Prezidentimizning qarorlari bilan, yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarning muammolarini o’rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro’yobga chiqarishga hamda jamiyatga ijtimoiylashuviga ko’maklashish maqsadida joriy etilgan “Mehr daftari” tizimi doirasida joriy 2022 yilning o’zida viloyatimizda 197 nafar bolalarga 1 milliard 432 million so’mdan ortiq mablag’lar sarflandi va bu xayrli ishlar davom ettirilmoqda.

Orzu-istaklarini ro’yobga chiqarish bugungi bayramda ham davom etdi. Tadbirda ishtirok etayotgan har bir oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari hamda vasiylikka va homiylikka olingan bolalarga ularning o’zlari avvaldan bildirgan istakdan kelib chiqib Yangi yil sovg’asi topshirildi.

Bolajonlarning hayajonli chaqiriqlari bilan davraga Qorbobo va Qorqiz tashrif buyurdi. Tadbir bolalar o’rtasida she'r o’qish tanlovi, viloyatimiz san'atkorlari ishtirokidagi kuy-qo’shiqlar va bayramona raqslar bilan davom etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram