Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “ASKAR ONALARINI SHARAFLAYMIZ!” BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2022-12-29 17:45:18    82

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Sharqiy harbiy okrug Ma'naviyat va ma'rifat markazida 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni oldidan “Askar onalarini sharaflaymiz!” bayram tadbiri tashkil etildi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Komila Kavlonova, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari Shuhrat Abdullayev, askarlar va ularning onalari ishtirok etdilar.

So’z olganlar yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami va Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31 yilligi tantanalari bilan yig’ilganlarni tabrikladilar.

Prezidentimiz rahbarligida so’nggi besh yilda harbiy sohada olib borilgan islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi ham, qo’shinlarning tayyorgarlik darajasi ham tubdan o’zgargani qayd etilib, askar va ofitserlarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida ota-onalarga ma'lumot berildi. Bunda viloyat harbiy-ma'muriy sektori faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etayotgani aytib o’tildi.

Shundan so’ng askar onalarining tabriklari, o’z farzandlariga yo’llagan tilaklari eshitildi. Ular vatanni himoya qilish muqaddas burch ekanligini, bu ulug’ vazifani bajarayotgan farzandlari bilan doimo faxrlanishlarini ta'kidlashdi.

Shuningdek, respublikamizning turli hududlarida xizmat burchini bajarayotgan farg’onalik yurt posbonlari ishtirokida tayyorlangan videoroliklar yig’ilganlar e'tiboriga havola qilindi.

Bayram munosabati bilan askar onalariga esdalik sovg’alari topshirildi. Sharqiy harbiy okrug ma'naviyat va ma'rifat markazi orkestr jamoasi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi barchaga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram