Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONALIK BOLAJONLARGA PREZIDENT SOVG’ALARI TOPSHIRILDI

×

 2022-12-29 19:09:46    243

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi viloyat teatr-kontsert saroyida farg’onalik o’g’il-qizlar uchun “Prezident archasi” bayrami tashkil etildi. Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Viloyat hokimi bolajonlarni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklab, ushbu bayram arafasida o’g’il-qizlar uchun "Prezident archasi" tadbirlari tashkil etilib, Prezidentimiz sovg’alari topshirilishi o’ziga xos an'anaga aylanganligini, bu yil ham viloyatimiz bo’yicha 800 nafar bolajonlarga ana shunday sovg’alar topshirilishini aytib o’tdi. Kelajagimiz egalarini Davlatimiz rahbarining g’amxo’rliklari hamda e'tiborlariga munosib ravishda yaxshi o’qib, hunar egallab, yurt manfaati, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan insonlar bo’lib voyaga yetishga chorladi.

Shundan so’ng tarkibida 14 turdagi shirinliklar, 3 turdagi o’quv qurollari, elektron kitob, termos va shaxmat jihozlari bo’lgan "Prezident sovg’alari" bolajonlarga tantanali tarzda topshirildi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo’lida qurbon bo’lgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari bunday g’amxo’rlikdan sevinchga to’ldilar. Joriy yilda mazkur sovg’alar tarkibiga Mehribonlik uylari, Oilaviy bolalar uylari, SOS bolalar mahallalari hamda “Mehrli maktab”ning 12 yoshdan katta bo’lgan tarbiyalanuvchilari uchun zamonaviy elektron kitoblar ham kiritildi.

Yangi yil bayramiga teatrlashgan bayram tomoshasi esa barchaga bir olam quvonch bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram