Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV FARG’ONA TUMANIDA YASHOVCHI, BOQUVCHILARI XORIJDA MEHNAT QILAYOTGAN XONADONLARDA BO’LIB, DAVLATIMIZ RAHBARI NOMIDAN ULARNI YANGI YIL BILAN QUTLADI

×

 2022-12-29 21:14:12    302

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi bugun Farg’ona tumanining Oqbilol hamda Qurilish mahallalarida yashovchi, yagona boquvchilari xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizning xonadonlarida bo’lib, ularning ota-onalari, oilalari, farzandlari holidan xabar oldi, Davlatimiz rahbari nomlaridan ularni Yangi yil bayrami bilan qutladi.

Xonadonlarda bo’lib o’tgan muloqotlar chog’ida xorijda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizning mehnat faoliyati borasida so’z bordi, hozirgi kunda viloyatimizda, tumanda yaratilayotgan ish imkoniyatlari haqida ma'lumot berilib, ota-onalari va oilalari bag’rida yashab mehnat qilishlari uchun yetarli sharoit va imkoniyatlar mavjudligi bildirildi.

Davlatimiz rahbari nomidan xonadonlarga Yangi yil sovg’alari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar taqdim etildi.

Oqbilol MFYda yashovchi Jamoliddin Aliyev xonadonida oila to’ng’ich o’g’li quyonchilikka qiziqishini bildirdi. Viloyat hokimining ko’rsatmasi bilan oilaga quyon qafasi va zotdor quyonlar olib kelib beriladigan bo’ldi. Qurilish MFYda yashovchi Sohib Mahkamovning keksa onasiga esa nogironlik aravachasi sovg’a qilindi.

Har bir xonadonda qo’llar duoga ochilib, yurtimizga tinchlik va xotirjamlik so’raldi, ko’rsatilayotgan e'tibor va g’amxo’rlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirildi.

Viloyat hokimi shuningdek, Qurilish MFYda istiqomat qiluvchi, nogironligi bo’lgan rassom Shuhrat O’rinboyev xonadonida ham bo’ldi. Taqdir Shuhratga jismonan but jussani nasib etmadi, lekin shunga qaramay u bor matonatini ishga solib, iqtidorini namoyon etib kelmoqda. Bugungi kunda Shuhrat O’rinboyev Chimyon qishlog’idagi 15-umumta'lim maktabida rassomchilikdan dars berib, o’quvchilarga rassomchilikning sir-asrorlarini o’rgatib keladi. Shuhrat O’rinboyev oilasiga Yangi yil sovg’alari hamda kompyuter jamlanmasi sovg’a qilindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram