Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA SEL VA SUV TOSHQINI XAVFLI HUDUDLARDA NAZORAT YANADA KUCHAYTIRILADI

×

 2023-02-04 09:31:34    77

PDF yuklash
Chop etish


Toshqin suvlari va suv oqimlarini xavf-xatarsiz o’tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko’chish va yer ko’chki hodisalari xavfini kamaytirish bo’yicha Toshqinga qarshi viloyat komissiyasining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Respublikamizda qish mavsumida qor yog’ishi ko’payganligi sababli tog’li hududlardagi qor hajmi yildan yilga ko’payib bormoqda. Bahor-yoz mavsumida esa qisqa muddatda bir necha oylik normadagi yomg’irning yog’ishi tog’ va tog’oldi hududlarda sel kelishi, aholi punktlarini suv bosishi bilan bog’liq holatlarga olib kelmoqda.

Sodir bo’lgan tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlar tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, iqlim o’zgarishi tufayli gidrometeorologik hodisalar yilning xos bo’lmagan davrlarida kutilmagan vaqtda sodir bo’lmoqda. Bu o’z navbatida joriy yilda aholini va hududlarni toshqin suvlari, sel oqimlari va ko’chki hodisalari bilan bog’liq favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishni taqozo etadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan xolda, “O’zbekiston Respublikasi Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining 2023 yil 31 yanvardagi 1-sonli yig’ilish bayoniga asosan, viloyat hokimligida yig’ilish o’tkazildi.

So’x tumanidagi 5 ta ob'ekt, Farg’ona tumanida 2 ta ob'ektlar 2023 yil manzilli dasturga kiritilib, jami 11 mlrd. 292 mln. so’m mablag’ 7 ta texnik ob'ektlarni ta'mirlash uchun ajratilishi belgilangan.

2023 yil toshqin suvlari, sel oqimlari va ko’chki hodisalari xavfi mavjud hududlarda (Quvasoy shahrida 1 ta, Farg’ona tumanida 4 ta, So’x tumanida 6 ta, O’zbekiston tumanida 1 ta, Uchko’prik tumanida 1 ta, Beshariq tumanida 1 ta) 14 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etilishi belgilandi.

Shuningdek, 2023 yil davomida viloyatda sel xavfi mavjud hududlarda 8 ta maxsus taktik o’quv mashqi o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Viloyatimizning barcha shahar va tumanlarida Toshqinga qarshi viloyat komissiyasiga kunlik ma'lumotlarni taqdim qilib borish maqsadida tegishli tashkilotlardan mutaxassislar jalb etgan holda “Tezkor shtab” tashkil etilishi belgilandi.

Yig’ilish yakunida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar ijrosi ta'minlanishi bo’yicha viloyat hokimining o’rinbosari X.Isaqov tomonidan mas'ullarga qat'iy topshiriqlar belgilandi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram