Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 67 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI YOZYOVON TUMANIDAGI YANGI LOYIHALAR, ISHLAB CHIQARISH KORXONALARI FAOLIYATI VA IJTIMOIY OB'EKTLAR BILAN TANISHDI

×

 2023-02-10 20:40:41    318

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Yozyovon tumanidagi o’rganishlari davomida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi loyihalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati va ijtimoiy ob'ektlar bilan ham tanishdi.

Tashrif doirasida “Bahor” MFY hududida tashkil etilgan “Hunarmandlar markazi” faoliyati ko’zdan kechirildi. Uch qavatli binoda ko’rgazmalar zali, tikuvchilik, atlas-adras va a'lo baxmal to’qish ishlari yo’lga qo’yilgan. Markazda 120 nafar xotin-qiz ishga jalb qilingan bo’lib, yana 100 ta qo’shimcha ish o’rinlari mavjud. Viloyat rahbari har bir qavatdagi ish jarayonlari bilan tanishib, markazni to’la quvvatda ishlashinini ta'minlash va hududda yashovchi ishsiz aholini mavjud ish o’rinlariga joylashtirish bo’yicha ko’rsatma berdi.

Yozyovonsoy tashlamasiga quriladigan mikro gidroelektr stantsiyani qurish loyihasi amalga oshiriladigan manzil ham joyiga borib ko’rildi.

Qiymati 1 mln. dollarlik loyihaga ko’ra, yiliga 1,9 mln kVt/s, oyiga 158 ming kVt/s elektr energiyasi ishlab chiqariladi. U “Suv nasos ta'mir” MChJ tomonidan quriladi. 2023 yilning yakuniga qadar ishga tushirilishi reja qilingan. Natijada qariyb 500 dan ortiq xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta'minlash imkoniyati yaratiladi.

Keyingi manzilda “Guliston” MFY hududidagi “Edelveys” MChJ tomonidan tashkil etilgan, loyiha qiymati 600 ming dollar bo’lgan tekstil chiqindilari va paxta mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi faoliyati o’rganildi. Ish jarayonlari, yangi olib kelingan uskunalar haqida viloyat rahbariga ma'lumot berildi. Moliyaviy muammolar tufayli faoliyati sustlashib qolgan korxonani to’la quvvatda ishga tushirish uchun tadbirkorning bank krediti olish bilan bog’liq murojaati tegishli mutasaddilar tomonidan hal etilishi belgilandi.

Shu kuni tumandagi Cho’liguliston MFYda joylashgan 530 nafar o’quvchisi bo’lgan 22-umumta'lim maktabiga ham borildi. Bu yerda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan kasbga yo’naltirilgan to’garaklar faoliyati bilan tanishildi. Maktab direktori Bahromjon G’afurov ta'lim maskanida faoliyati yo’lga qo’yilgan to’garaklar bilan tanishtirib o’tdi. Ustozlar bilan muloqotda bo’lgan viloyat rahbari yoshlarni ham bilimli, ham kasb-hunarli qilib tarbiyalashda pedagoglarning o’rni va mas'uliyati haqida to’xtalib, tavsiyalarini berdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram