Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 56 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FRANTSIYA TARAQQIYOT AGENTLIGI FARG’ONA VILOYATIDA ICHIMLIK SUVI TA'MINOTI TIZIMINI REKONSTRUKTSIYA QILISH ISHLARINI MOLIYALASHTIRADI

×

 2023-02-11 12:28:56    74

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Frantsiya taraqqiyot agentligi(FTA)ning Markaziy Osiyo bo’yicha vakolatxonasi rahbari Vinsent Kopin boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.

Muloqot davomida Farg’ona viloyati va Frantsiya taraqqiyot agentligi o’rtasida ichimlik va oqova suv (kanalizatsiya) sohasidagi hamkorlik ko’lamini kengaytirish, Quva va Oltiariq tumanlarida ichimlik suvi ta'minoti tizimi rekonstruktsiya qilinishi jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish hamda ikki tomonlama kelishuvlarni aniqlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Qabul uchun minnatdorlik bildirgan Vinsent Kopin 2022 yil noyabr oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Frantsiyaga qilingan rasmiy tashrifi doirasida Parij shahrida Frantsiya taraqqiyot agentligi (FAR) bosh direktori Remi Riu bilan o’tkazilgan uchrashuvda turli sohalarda 2025 yilgacha strategik hamkorlik dasturi imzolangani muhim voqelik bo’lganini qayd etdi. Viloyatga tashrif maqsadi esa Quva va Oltiariq tumanlaridagi ichimlik suvi ta'minoti tizimi bilan tanishish, rekonstruktsiya qilish ishlariga bosh bo’lishlaridan mamnun ekanligini ma'lum qildi.

Bugungi uchrashuvda shu ikki hudud bo’yicha kelgusida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarni aniqlashtirish va joriy yil may oyida agentlik bosh direktorining O’zbekistonga tashrifi jarayonida loyihalarni imzolash masalasi ham ko’rib chiqilishi aytib o’tildi. 

Viloyat rahbari agentlikning aholiga qulaylik yaratayotgan loyihalari uchun minnatdorlik bildirib, ichimlik suvi masalasi bugungi kundagi dolzarb tarmoqlardan biriga aylanib borayotganligiga e'tibor qaratdi, agentlikning viloyatdagi loyihalari har tomonlama qo’llab-quvvatlanishi va ko’mak berilishini qayd etdi.

Ikki tomonlama “yo’l xaritasi” ishlab chiqilib, shu asosda ish olib borilishiga kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram