Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI TOSHLOQ TUMANIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN YANGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2023-02-13 23:35:10    73

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toshloq tumanidagi o’rganishlari davomida tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, kichik sanoat zonalarida qurilish jarayonlari yakuniy bosqichga kirgan korxonalarni ko’zdan kechirdi.

Xususan, Qanjirg’a MFY hududida tadbirkor Azizbek Egamberdiyev tomonidan baxmal mato ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bilan tanishildi. Qiymati 59,5 mlrd. so’mga teng mazkur loyiha ishga tushsa dastlabki bosqichda 200 ish o’rni yaratilishi qayd etildi.

Shu joyda tadbirkorlarning quyosh panellari ishlab chiqarish, plastmas quvurlar, avtomobil moylari uchun plastmas idishlar ishlab chiqarish, sendvich panellari (qurilish materiallari) ishlab chiqarishni tashkil etish, un ishlab chiqarish, mebel tayyorlash, eshik va romlar ishlab chiqarish loyihalari ham viloyat rahbariga tanishtirildi.

Xayrullo Bozorov Yoshlar kichik sanoat zonasi hududida tadbirkor Xusniddin Boltaboyev tomonidan tashkil etilgan sut mahsulotlarini qayta ishlash, milliy shirinliklar hamda qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini ham borib ko’rdi.

Loyiha qiymati 6,2 mlrd. so’m bo’lgan korxona 2022 yilda ishga tushgan bo’lib, 30 ta ish o’rni tashkil etilgan. Tadbirkor korxonadagi ish jarayonlari, yangi loyihalari haqida viloyat rahbariga ma'lumotlar berdi.

Keyingi manzilda “Zamin Aziya Farm” tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha qiymati 43,5 mlrd. so’m bo’lgan infuzion eritmalar ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ko’zdan kechirildi.

Loyiha tashabbuskori Xabibullo Ne'matjonov barcha zarur texnikalar olib kelingani va ularni joylashtirish jarayonlari boshlangani, korxona ishga tushgach, yiliga 12 mln. dona infuzion eritmalar ishlab chiqarilishi, natijada 60 ta yangi ish o’rinlari yaratilishi ko’zda tutilayotganini ma'lum qildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tadbirkorlar tomonidan olib borilgan ishlarni yuqori baholab, bunday faollik va tashabbuskorlik doimo qo’llab-quvvatlanishini ta'kidladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram