Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA GERMANIYA TAJRIBASI ASOSIDA KASB-HUNARGA O’QITISH, QAYTA TAYYORLASH VA MALAKA OSHIRISH LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI

×

 2023-02-15 12:27:31    313

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi (Gesamtmasche) hamda Sequa xalqaro hamkorlikni rivojlantirish tashkiloti vakillarini qabul qildi.

Ma'lumki, bu ikki tuzilma xalqaro hamjamiyatda o’rta bo’g’inda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida ulkan salohiyatga ega. Shu bois dunyoning ko’plab mamlakatlarida katta hayotiy tajribaga ega va ishonchli hamkor sifatida samarali hamkorlikni yo’lga qo’ygan.

Uchrashuvda viloyatdagi tekstil sohasida faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlarning malakasini oshirish, ularga zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash borasida ko’nikmalar berish hamda Farg’ona paxta-to’qimachilik sanoati mahsulotlarini Germaniya, shu bilan birga YEvropa bozorlariga eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga ikki tomonlama hamkorlik ko’lamini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Ayni jarayonda viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan paxta-to’qimachilik klasterlari bilan faol hamkorlik qilish masalalari bo’yicha o’zaro fikr almashildi.

Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi bosh menejeri Silvia Jangbauyer qabul uchun minnatdorlik bildirib, 2022 yil oktyabr oyida viloyatga tashrifi davomida tekstil sohasida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan ishchi-mutaxassislarni o’qitish, qayta tayyorlash bo’yicha hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha yanada takomillashtirilganini ta'kidladi. Istiqbolli loyiha tasdiqlanib ijrosiga kirishilsa u O’zbekistonda birinchi bo’lib Farg’ona viloyatida hayotga tadbiq etilishidan  behad mamnun bo’lishini ma'lum qildi.

Muloqotda viloyat hokimi tekstil sohasida xalqaro miqyosda malakali mutaxassislar tajribasini o’rganishga ehtiyoj borligiga e'tibor qaratib, bu loyihani har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Bu borada Qo’shtepa tumanida joylashgan “Oqtepa” kichik sanoat zonasidagi “Global textile infinity” korxonasida Muhandislik maktabi faoliyati yo’lga qo’yilayotganini aytib, xorijlik mutaxassislarni o’zaro hamkorlikda ishlashga taklif etdi.

O’z navbatida germaniyalik hamkorlar taklifni ma'qullab, Muhandislik maktabi joyi bilan tanishish va hamkorlikda ish tashkil etishga qiziqish bildirdilar.

Muloqotda tekstil sohasi rivojiga hissa qo’shishi kutilayotgan mazkur loyiha O’zbekiston-Germaniya o’rtasida yana bir yo’nalishda hamkorlikni kengaytirishda g’oyatda ahamiyatli ekanligi qayd etildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram