Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI FARG’ONA VILOYAT KENGASHINING ELLIK TO’RTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-02-18 17:00:01    106

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi ellik to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, viloyat Kengashi deputatlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishini olib borgan Xayrullo Bozorov kun tartibidagi masalalarga e'tibor qaratdi.

Sessiya kun tartibiga ko’ra, birinchi masala sifatida viloyatda sudlar raislari tomonidan sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarini sud yo’li bilan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat sudi raisi Shuhrat Kamolovning axboroti eshitildi.

Shuningdek, viloyatda odil sudlovni amalga oshirish, sudning mustaqilligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud yo’li bilan ishonchli himoya qilish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ma'muriy sudlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to’g’risida ham sessiya ishtirokchilariga ma'lumotlar berildi.

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig’i Ayubxon Alimov esa O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan viloyatda amalga oshirilgan ishlar haqida to’xtalib o’tdi.

Bundan tashqari, sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni ijrosi bo’yicha 2022 yil davomida viloyatda amalga oshirilgan ishlar, viloyatda 2023 yilda aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish bo’yicha shakllantirilgan prognoz ko’rsatkichlari, joriy yil yakuniga qadar viloyatimizni “ishsizlikdan holi hududga aylantirish” borasida belgilangan chora-tadbirlar bo’yicha ham ma'ruzachilar tomonidan ma'lumotlar berildi.

Kun tartibi bo’yicha sessiyada yana bir qator muhim masalalar ko’rib chiqildi. Deputatlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga ma'ruzachilardan javoblar oldilar.

Sessiyada ko’rib chiqilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari viloyat kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram