Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA XITOY KOMPANIYASI QUYOSH PANELLARI ISHLAB CHIQARISH ZAVODINI BARPO ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2023-02-23 10:47:36    359

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona viloyatida yirik quyosh panellari ishlab chiqarish zavodini barpo etishni rejalashtirayotgan Xitoyning “Jiangxi LDK Solar Hi-Tech Co., Ltd” kompaniyasi delegatsiyasini qabul qildi.

Kompaniyaning xalqaro aloqalar bo’yicha bosh menejeri Jianyong Ke bilan bo’lgan muloqot chog’ida Xitoy kompaniyasi tomonidan viloyat hududida loyiha qiymati 75 million dollarga teng bo’lgan quyosh panellari ishlab chiqarish zavodini barpo etish loyihasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda quyosh panellarini tadqiq qilish va yaratish, ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi korxona delegatsiyasi a'zolari Farg’onada ham yirik zavod qurish va istiqbolda uni yanada kengaytirish maqsadida ekanligini ma'lum qildilar. Suhbat davomida alohida qayd etilganidek, ushbu zavodni qurishda barcha kerakli jihozlar Xitoydan olib kelinadi.

Viloyat hokimi dunyoda an'anaviy energiya resurslari cheklangan bugungi sharoitda va kelajakda ushbu loyihaning Farg’ona viloyati uchun muhim o’rin tutishini ta'kidlab, bu kabi barcha loyihalarga ko’mak berilishi va qo’llab-quvvatlanishini bildirdi.

Shuningdek, xitoylik investorlarga “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi haqida ma'lumot berilib, ushbu hudud yangi loyihalarni amalga oshirish uchun qulayligi va barcha sharoitlar yaratilganligi aytib o’tildi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram