Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVA TUMANIDA KO‘CHATCHILIK TARMOGʻI JADAL RIVOJLANMOQDA

×

 2023-02-24 17:20:16    419

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, bog‘dorchilik, ko‘chatchilik va gulchilik sohasida Quva tumanida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Bu borada yaratilgan qulay shart-sharoitlar tufayli keyingi yillarda tumanda ushbu tarmoqlar zamonaviy mezonlar asosida jadal rivojlanib bormoqda.
Ayni kunlarda tuman mirishkorlari tomonidan mahalliy bozorlar hamda butun mamlakatimiz bo‘ylab mevali va manzarali daraxtlar, butasimonlar oilasiga mansub ko‘chatlarini yetkazib berish jarayonlariga kirishildi. E’tiborlisi, 2022 yili tumanda faoliyat ko‘rsatuvchi dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari yerlarida 43 million donadan ziyod ko‘chatlar yetishtirilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkichni 54 million donadan oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Hozirgi kunda tumandagi 65 ta MFYning deyarli barchasida ko‘chat yetishtirish orqali yaxshi daromad olayotgan xonadonlarni uchratish mumkin. Xususan, “Qorqaqum”, “Yangichek”, “Yangi hayot”, “Tolmazor”,  “Boyiston”, “Namuna”, “Oltiariq”, “Qaqir” MFYlarida mevali va manzarali ko‘chatlar yetishtirish hududning o‘ziga xos “drayver”iga aylangan bo‘lsa, “Soyguzar”, “Xonobod”, “Madaniyat”, “Yangiqishloq” MFYlarida atirgulchilik yaxshi rivojlangan.
“Qoraqum” MFYda yashovchi tajribali tomorqachi Sidiqjon Hojimatovning aytishicha, bu oila har yili ko‘chatchilik mavsumida 10 sotix yerdan o‘rtacha 80-85 million so‘m daromad olib kelmoqda.
Bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada rivojlantirish maqsadida o‘tgan yili “Yangichek” MFYda ish bilan band bo‘lmagan aholiga 20 gektardan ziyod yer maydon ajratib berilgan bo‘lib, hozirda bu yerda asosan mevali va manzarali ko‘chatlar parvarishlanmoqda. Shu tariqa qariyb 170 ta oila qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Ayni jarayonda tumanda onlayn auksion savdolari orqali uzoq yilga ijara asosida foydalanish uchun yer maydonlari ajratish tartibi yo‘lga qo‘yilgan. Ko‘chatchilik sohasida tajribali mutaxassislar yangi faoliyat boshlayotganlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatmoqdalar.
Quva tumanida joylashgan tomorqa va yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari tomonidan sohaga ilm-fan yutuqlari, innovasion g‘oyalarni tatbiq etish doimiy e’tiborda. O‘z navbatida markazning tajriba maydonlarida 3 million tupdan ortiq ko‘chatlar parvarishlanayotir. Xususan, markazda mahalliy iqlim sharoitiga mos yangi navlar – uzum, olma, shaftoli, o‘rik, gilos, bodom, nok hamda manzarali va dorivor o‘simliklarni ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda.
O‘tgan yillar davomida tumanda tayyorlanayotgan o‘nlab turdagi ko‘chatlarni mamlakatimiz hududlaridan tashqari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Germaniya kabi davlatlarga eksport kilinishi yo‘lga qo‘yildi.









Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram