Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOY KOMPANIYASINING FARG’ONADA SHISHA VA OYNA MAHSULOTLARI TAYYORLASH, QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING QURILMALARINI ISHLAB CHIQARISH LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

×

 2023-03-11 00:49:59    389

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoy Xalq Respublikasining “China National Building Material Group Co., Ltd.” (CNBM) kompaniyasi vakillarini qabul qildi.

Qabul uchun minnatdorlik bildirgan kompaniya bosh menejeri o’rinbosari Xao Jang, AQSh, YEvropa davlatlari va boshqa turli mamlakatlarda o’z foliyatlarini samarali olib borayotganliklarini, qurilish materiallari ishlab chiqarishda qariyb 50 yillik tajribaga ega ekanliklarini ma'lum qildi. Farg’onada ham shisha va oyna mahsulotlari tayyorlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, buning uchun zamonaviy texnologiyalarni viloyatimizga olib kirish masalalarida imkoniyatlari haqida atroflicha ma'lumot berdi.

Viloyat hokimi hamkorlikka, investorlarni qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ma'lum qilib, Beshariq tumanida shamol energiyasi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, “Qo’qon” EIZda esa mahsulot ishlab chiqarishni boshlash uchun yetarlicha shart-sharoitlar mavjudligini ta'kidladi. Yaratilgan imkoniyatlar tufayli Xitoy, Turkiya, Koreya kabi ko’plab davlatlardan hamkorlik qilish istagidagi investorlar viloyatimizga tashrif buyurayotgani haqida to’xtalib o’tdi.

Uchrashuv davomida kelgusida aniq loyihalarni ishlab chiqib, ularni amaliyotga tadbiq etishga kelishib olindi.

Ma'lumot o’rnida (CNBM) Xitoy milliy qurilish materiallari guruhi 1984 yilda tashkil etilgan. Ishlab chiqarish sohasida 10 turdan oshiq eng ko’p ishlatiladigan qurilish mahsulotlarini eksport qiladi. Shuningdek, ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi mega liniyalarni realizatsiya qilish, yetkazib berish, o’rnatish va ishga tushirish xizmatlarini ko’rsatadi





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram