Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 25 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning Navro‘z bayrami tadbiridagi tabrigi

 2023-03-20 19:23:47    201

PDF yuklash
Chop etish


Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, 

Hurmatli farg‘onaliklar, 

Qadrli mehmonlar!

Siz, azizlarni, sizlar orqali barcha viloyatimiz ahlini sharqona yangi yil – Navro‘z bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam yurtimizga, elimizga tinchlik-omonlik, shodlik va farovonlik olib kelsin!Mana shu qutlug‘ kunda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadoningizga fayzu baraka tilayman.

Har kunimiz shunday go‘zal bayramlarga, tantanalarga boy bo‘lsin. 

Alisher Navoiy bobomiz yozganidek,

Ko‘yingga har kun borib har dam ko‘ray derman seni,

Menga har kun bayramu har lahza Navro‘zi kerak.

Bu yilgi bayram barcha shahar va qishloqlarimizda umumxalq sayllari tarzida o‘tayotgani unga o‘zgacha fayz va shukuh bag‘ishlamoqda. 

Go‘zal va so‘lim Shohimardonda boshlab berilgan sayllar, ezgu amallar bugun viloyatimizning har bir mahallasiga ko‘chdi. Doshqozonlarda sumalaklar solinib, xalqimiz katta xursandchilik bilan Navro‘zga peshvoz chiqmoqda.

Bugun viloyatimizning mana shu muazzam san’at saroyida tashkil etilgan sayllardan ham buni yaqqol ko‘rish mumkin. Ahillik, hamjihatlik bo‘lgan joyda albatta, tinchlik, obodlik bo‘ladi. Zero, azaliy va qadimiy Navro‘z bayramining nishonlanishi zamirida ham mehr-oqibat, boqiy qadriyatlar, ezgu fazilatlar mujassam. Xalqimizning eng qadimiy va umrboqiy bayrami Navro‘z – dehqonchilik, rizq-ro‘z bayrami hamdir. Bugun mirishkor dehqon va fermerlarimiz katta orzu-niyatlar bilan yangi mehnat mavsumini boshlamoqdalar, ulkan maqsad va rejalar bilan dala sari yo‘l olmoqdalar. Niyatimiz – yilimiz qutlug‘ kelsin, hosilimiz mo‘l bo‘lsin. Viloyatimizda barcha sohalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritish maqsadida ulkan rejalar va maqsadlarni belgilab olganmiz. Albatta, bu yil ham Farg‘ona uchun yuksalish yili bo‘ladi. Barchamiz jonajon O‘zbekistonimizning taraqqiyoti uchun yakdil bo‘lib, mehnat qilsak, ko‘zlangan maqsadlarga erishamiz.

Qadrli yurtdoshlar!Navro‘z o‘zining buyuk qudrati bilan tabiatni uyg‘otayotgan bo‘lsa, Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida mamlakatimizda olib borilayotgan adolatli siyosat hamda xalq roziligi yo‘lidagi buyuk islohotlar jamiyatni, xalqimizning ongu tafakkuri, beqiyos salohiyatini uyg‘otmoqda. Ertangi kunimizga, o‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonchimiz har doimgidan ham mustahkam bo‘lib bormoqda.

Joriy yilning 30 aprel kuni yurtimizda muhim siyosiy tadbir – “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi Konstitusiyaviy Qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkaziladi.

Yangilanayotgan Konstitusiya xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitusiyasi bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Muhtaram Prezidentimiz qayd etganlaridek,  “har bir vatandoshimiz “Yangi O‘zbekiston Konstitusiyasi – mening Konstitusiyam” deb yuksak g‘urur bilan ayta oladi”. Mamnuniyat bilan aytib o‘tish lozimki, insonning qadr-qimmati, sha’ni va g‘ururi ustuvor maqsad qilib olingan Bosh qomusimizning yangi tahrirdagi varianti bo‘yicha umumxalq muhokamalarida viloyatimiz aholisi ham faol ishtirok etib, o‘zlaring ko‘plab takliflarini berishdi.

Yangilanayotgan Konstitusiyamiz yurtimiz va xalqimizning ertangi farovon hayoti uchun mustahkam huquqiy asos hamda ishonchli kafolatdir. Referendumda barchangizni faol ishtirok etishga, yurt taqdiriga befarq bo‘lmaslikka chaqiraman.

Ishonamanki, Farg‘ona ahli Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida Yurtboshimizga kamarbasta ekanligimizni umumxalq referendumida yakdillik bilan ifodalaymiz.

Hurmatli yurtdoshlar!

Bugun Farg‘onada katta bayram. Fursatdan foydalanib, yana bir bor suyukli va ardoqli Navro‘z bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan tabriklayman!Qadimdan ota-bobolarimizda yil boshida yaxshilik hamda ezgulikni niyat aylash odat bo‘lgan. Navro‘z yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat, turmushimizga qut-baraka olib kelsin!Barcha ezgu niyat va maqsadlarimiz amalga oshsin! Ona Vatanimiz farovon bo‘lib, jonajon yurtimiz obod bo‘lsin! Navro‘z ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin! 

Har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!