Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI HAMDA YARIM O’TKAZGICHLAR ISHLAB CHIQARISHDA DUNYONING ENG ILG’OR HUDUDLARIDAN BIRI – KOREYANING PXYONTXEK SHAHRI O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI O’RNATILDI

×

 2023-03-31 16:10:39    371

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasiga amaliy tashrif davomida mamlakatning yirik sanoat markazi – Pxyontxek shahrida bo’lib, shahar meri Chan Chjon Son bilan uchrashuv o’tkazdilar.

Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Pxyontxek shahri o’rtasida o’zaro savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy-madaniy sohalarda hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama qilindi.

600 mingga yaqin aholisi bo’lgan Pxyontxek shahrida 3600 tadan ziyod ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib borayotgan bo’lsa, ularda band shahar aholisi soni qariyb 200 mingni tashkil etadi. Hozirgi kunda Pxyontxekda Samsung Electronics umumiy qiymati 200 milliard dollarga yetishi ko’zda tutilayotgan, 50 ming ish o’rniga ega 4 ta yirik zavoddan iborat chiplar va yarim o’tkazgichlar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirmoqda. Bugungi kunda birinchi va ikkinchi zavod foydalanishga topshirilib, uchinchi zavod qurilish ishlari davom etmoqda.

Pxyontxek shahri meri bilan uchrashuvda asosiy e'tibor viloyatimiz hududida yuqori qiymatli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda Pxyontxek tajribasini o’rganish, “Kyongi” va “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonalari o’rtasida hamkorlik o’rnatish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, Pxyontxekdagi transmilliy sanoat kompaniyalarida farg’onalik mutaxassislarning mehnat faoliyati olib borishlarini tashkil etish, tajriba orttirish hamda malaka oshirishlarini yo’lga qo’yish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Farg’ona viloyati bilan hamkorlik salohiyatini yuqori baholagan Pxyontxek rahbari Chan Chjon Son, “tarixan doimo Markaziy Osiyo markazi bo’lib kelgan O’zbekiston iqtisodiyoti hozirgi kunda juda tez sur'atlarda o’sib bormoqda. Bu borada dunyo bo’yicha elektrotexnika va mexatronika mahsulotlari ishlab chiqarish markazlaridan biriga aylangan Pxyontxek Farg’ona viloyati iqtisodiy rivojiga o’zaro manfaatli asoslarda har tomonlama ko’maklashishga tayyor,” deb ta'kidladi.

Pxyontxek shahri meri, bir qator yirik koreys tadbirkorlari viloyatimiz investitsion salohiyati bilan bevosita yaqindan tanishish, aniq iqtisodiy hamkorlik yo’nalishlarini va loyihalarini belgilash uchun joriy yil may oyida Farg’ona viloyatiga tashrif buyurishini bildirdi. Ushbu tashrifda Koreyaning “Sangjin. Co.,Ltd” kompaniyasi tomonidan Quva tumanida golf maydonlari tashkil qilish istiqbollari ham joyida o’rganilishiga kelishildi.

Ikki hudud rahbarlarining investitsiya va tashqi savdo masalalaridan mas'ul o’rinbosarlari hamraisligida doimiy ishlovchi ishchi guruh tashkil etilishi belgilandi.

Viloyat delegatsiyasi shuningdek, Pxyontxek shahri Sanoat va Tijorat palatasida bo’lib, Palata rahbarlari hamda mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv chog’ida Farg’ona viloyatining investitsion salohiyati xususan, demografiyasi, iqtisodiyoti, asosiy sanoat tarmoqlari, viloyatga to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar holati, eksport ko’rsatkichlari, sanoat zonalari, soliq imtiyozlari, logistika afzalliklari haqida batafsil ma'lumot berildi. Pxyontxek shahri tadbirkorlari uchun viloyatimizga sarmoya kiritishga jozibador yo’nalishlar va loyihalar taqdim etildi. G2B hamda B2B formatida doimiy amaliy muloqotni shakllantirishga kelishib olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram