Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV KOREYADA FARG’ONALIK TALABALAR BILAN UCHRASHDI

×

 2023-03-31 16:42:48    340

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, 27-30 mart kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi davomida San Mun universitetida bo’lib, oliygoh rahbarlari bilan uchrashdi, universitetda tahsil olayotgan o’zbekistonlik, xususan farg’onalik talabalar bilan muloqot o’tkazdi.

1972 yilda o’z faoliyatini boshlagan, bugungi kunda Koreyaning eng ilg’or oliygohlaridan biri bo’lgan, Dunyoning 76 ta mamlakatidan kelgan 2000 nafarga yaqin xorijlik talabalarga ham ilm berayotgan nufuzli San Mun universiteti prezidenti Seon Ju Xvan hamda universitet ilmiy jamoasi bilan o’tkazilgan uchrashuvda viloyatimiz iqtisodiyoti va sanoat tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha muhim vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bu borada qo’shma dasturlarni amalga oshirish, viloyatimizda San Mun universiteti ta'lim standartlari asosida kadrlar tayyorlash, soha mutaxassislari malakasini Koreyada oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish borasida hamkorlik qilish, koreyalik professor-o’qituvchilarni Farg’onaga jalb qilish, ilmiy forumlar tashkil etib borish, qo’shma tadqiqot va ishlanmalarni yo’lga qo’yish kabi masalalar yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Koreya iqtisodiy mo’jizasining asosiy zamirida ilm-fanga va olimlarga bo’lgan yuqori e'tibor turgani, bugungi kunda Prezidentimiz boshchiliklarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ilm-fan va ta'lim rivoji davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylangani qayd etildi.

San Mun universitetining hamkori bo’lgan Farg’ona shahridagi Koreya xalqaro universitetida 3+1 qo’shma diplom dasturi bo’yicha tahsil olgan talabalardan 112 nafari hozirgi kunda San Mun universitetida 4-kursda o’qishmoqda. Umuman olganda esa, San Mun universitetida 159 nafar o’zbek talabalari bilim olishmoqda. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, ushbu yoshlar bilan uzoq davom etgan samimiy muloqot o’tkazdi. Viloyat rahbari yoshlarga zamonaviy ilmlarni egallashning bugungi hayotdagi, qolaversa har bir mamlakat rivojidagi katta ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirdi. Bugungi kunda viloyatimizda malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyoj haqida to’xtalgan viloyat hokimi, yoshlarni o’qishni tamomlagach, viloyatimizga qaytib, jamiyat ravnaqi yo’lida xizmat qilishlariga umid bildirdi.

Talabalar o’zlarining Koreyadagi o’qish va hayot sharoitlari, kelgusi rejalari borasida o’rtoqlashdilar, amalga oshirmoqchi bo’lgan loyihalari haqida viloyat hokimiga ma'lumot berib, ularni hayotga tadbiq etishda maslahat va ko’mak so’radilar. Har bir taklif va tashabbusni o’rganib chiqish hamda hayotga tadbiq etishga ko’maklashish, yoshlarga munosib ish o’rinlari taqdim etish bo’yicha uchrashuvda ishtirok etgan viloyat mas'ullariga vazifalar belgilandi.

Muloqot davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar hamda referendumga qo’yilgan yangi Konstitutsiya loyihasidagi asosiy jihatlar yuzasidan ham fikr almashinildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram