Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 215 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA PXYONTXEK SHAHRI O’RTASIDA HUDUDLARARO O’ZARO MANFAATLI HAMKORLIKNING ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI BELGILAB OLINDI

×

 2023-04-28 01:19:26    67

PDF yuklash
Chop etish


Koreyaning Pxyontxek shahri meri Chan Chjon Son boshchiligidagi rasmiylar va tadbirkorlardan iborat delegatsiyaning Farg’ona viloyatiga bugun boshlangan amaliy tashrifi doirasidagi rasmiy tadbirlar Vodildagi viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da bo’lib o’tdi.

Ikki hudud rahbarlari va rasmiylari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda o’tkazilgan uchrashuvda Farg’ona viloyati va Pxyontxek shahri o’rtasida hududlararo amaliy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy, madaniy, turizm va ko’plab sohalarda keng ko’lamli aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Bugungi kunda dunyodagi elektrotexnika va mexatronika mahsulotlari, xususan yarim o’tkazgichlar ishlab chiqarish markazlaridan biri bo’lgan, yirik sanoat shahri Pxyontxekning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi tajribasini o’rganish va tadbiq etish, koreyalik investorlar bilan hamkorlikda viloyatimiz hududida yuqori qiymatli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi va Pxyontxekdagi “Kyongi” EIZ o’rtasida hamkorlik o’rnatish, Farg’ona qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlarini eksportini kengaytirish kabi masalalarda aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Muloqot chog’ida qayd etilganidek, Koreya hozirgi kunda Farg’ona viloyatiga investitsiyalar yo’naltirish hajmi bo’yicha 4-o’rinda bo’lib, 2022 yil davomida viloyatimiz iqtisodiyotiga jalb etilgan 957,4 million dollar hajmidagi xorijiy sarmoyaning qariyb 79 million dollari Koreya hissasiga to’g’ri keladi. Joriy yilda Koreya investitsiyasi hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarning umumiy qiymati hozirgi kunda 90 million dollarni oshdi. Viloyatimizda faoliyat olib borayotgan Koreya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 46 tani tashkil etmoqda.

Uchrashuvda turizm va madaniyat sohalarida hamkorlik o’rnatish, o’zaro madaniy tadbirlarni yo’lga qo’yish, kasbiy ta'lim yo’nalishida qo’shma loyihalarni amalga oshirish orqali Pxyontxekdagi yirik sanoat korxonalarida farg’onalik malakali mutaxassislarning mehnat faoliyati olib borishlarini tashkil etish kabi masalalarda ham kelishuvlarga erishildi.

Hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Farg’ona va Pxyontxek o’rtasida birodarlashgan hududlar kelishuvini imzolash borasida ish tashkil etish belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida Farg’ona viloyati Savdo-Sanoat Palatasi hamda Pxyontxek shahri Sanoat va Tijorat palatasi o’rtasida Iqtisodiy hamkorlik bo’yicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Uchrashuvda Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi rahbari Edvard Kim ham ishtirok etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram