Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


IKKI NAFAR MEHRIBONLIK UYLARI SOBIQ BITIRUVCHILARI DAVLATIMIZ RAHBARINING G‘AMXO‘RLIGI BILAN FARG‘ONA SHAHRIDA O‘Z UYLARIGA EGA BO‘LDILAR. VILOYAT BO‘YICHA JAMI 21 NAFAR YOSHLARGA YANGI UYLAR TOPSHIRILDI

×

 2023-04-28 16:52:41    325

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg‘ona shahrining Qirguli massivida ikki nafar Mehribonlik uylari sobiq bitiruvchilariga Davlatimiz rahbarining sovg‘alari – xonadonlar kalitlari topshirildi.

Prezidentimiz tomonidan yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilmoqda.

Yurtboshimizning ezgu va xayrli qarorlari bilan 2021 yili viloyatimiz bo‘ylab 18 yoshga to‘lgan 29 nafar, 2022 yilda 17 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ko‘p kvartirali uy-joylardan kvartira taqdim etilgan bo‘lsa, bu yil 21 nafar yigit-qiz ta’mirlangan va to‘la jihozlangan uy-joylar egasiga aylanishdi.

Marg‘ilon shahridagi 1-son Mehribonlik uyi sobiq tarbiyalanuvchilari Roza Qodirova va Doniyorjon Ergashev ham ushbu amaliy g‘amxo‘rlik natijasida bugundan boshlab o‘z uylariga ega bo‘ldilar. Davlatimiz rahbari tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobiga xarid qilingan va o‘z nomlariga rasmiylashtirilgan xonadonlar kalitlarini viloyat hokimidan qabul qilib oldilar.

Yangi xonadon egalarining quvonchlari bir olam, ular berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar uchun Prezidentimizga cheksiz minnatdorchiliklarini izhor qildilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram