Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“NEFTCHI” QIRGULIDAGI “UYI”GA QAYTDI. ENDI NAVBAT – CHEMPIONLIK SHOHSUPASIGA QAYTISH!

×

 2023-04-28 17:15:59    83

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qirgulidagi "Neftchi" futbol klubi qarorgohining yangidan ta'mirlangan binosi tantanali tadbir bilan jamoa a'zolari ixtiyoriga foydalanishga topshirildi. O’zbekiston Superligasi peshqadami bo’lgan viloyatimiz bosh jamoasi to’rt yildan tanaffusdan so’ng yana o’z “uyi”ga – barcha sharoitlarga ega bo’lgan zamonaviy sport bazasiga qaytdi. Futbolchilarga mashg’ulotlar uchun qulaylik yaratish maqsadida qarorgoh hududidagi o’yingoh maydoni chimi hamda yoritish tizimi sifatli yangilandi.

Marosimda viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrullo Bozorov, Farg’ona shahar hokimi, “Neftchi” klubi prezidenti Vosiljon Nazarov, viloyat Yoshlar siyosati va sport boshqarmasi boshlig’i Nodirbek Xakimov, viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Nosirbek Otaqo’ziyev, "Neftchi" PFK bosh direktori Mansurbek Toshmatov, jamoa fan-klubi a'zolari, yoshlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbek futboli vatani bo’lgan viloyatimizda millionlar o’yinini yanada ommalashtirish, "Neftchi" jamoasining avvalgi yuksak mavqeiga qaytarish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yanada keng ko’lamda davom etishini ma'lum qildi. Viloyat rahbari nafaqat mamlakatimizda balki Osiyo miqyosida ham o’zining shonli tarixiga ega “Neftchi” Superligada bu yilgi yorqin o’yinlarini mavsum yakuniga qadar davom ettirishiga va Farg’ona yana chempionlik shukuhi bilan to’lishiga umid bildirdi.

“Neftchi” jamoasi tashkil etilgan 1962 yildan beri klub strukturasida turli vazifalarda 52 yil faoliyat olib borgan, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan murabbiy, jamoa afsonaviy faxriysi Lev Vaxtin futbolchilarni va murabbiylarni “uy”ga qaytish bilan qutlab, endi navbat chempionlik shohsupasiga qaytishda ekanligini qayd etdi.

“Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko, yaratilayotgan qulay sharoitlar va klub moddiy-texnik bazasini kuchaytirish borasidagi ishlar uchun jamoa nomidan minnatdorchilik bildirib, chiroyli g’alabalar va yutuqlar bilan muxlislarni xursand qilishga futbolchilar bor kuch-g’ayratini berishga tayyor ekanliklarini ta'kidladi.

Shundan so’ng ramziy tasma qirqilib, yig’ilganlar qarorgohda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Qarorgoh hamda hududidagi ob'ektlarni ko’zdan kechirgan viloyat hokimi, ikkita mashg’ulot maydonini ta'mirlab, zamonaviy chim yotqizish, shuningdek, hududdagi ochiq suzish havzasini qisqa muddatda mukammal ta'mirlash hamda jamoa bilan birga Qirguli hududida yashovchi aholi uchun ham xizmat ko’rsatishini yo’lga qo’yish bo’yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

“Neftchi” jamoasi futbolchilari bilan muloqotda ularning Superligadagi bu yilgi natijalarini tahlil qilgan viloyat hokimi, chempionatda kuchsiz jamoalar qolmaganini, raqobat yanada kuchayganini qayd etib, har bir o’yinda oxirigicha kurashish lozimligini ta'kidladi. Viloyat rahbari jamoaga bu yilgi mavsumda g’oliblik uchun kurashda muvaffaqiyat tiladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram