Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 47 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Viloyatimizda yangi tashkil etilgan Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutiga qabul davom etmoqda

 2023-07-12 10:08:27    482

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yildan viloyatimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 13 taga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 yanvardagi “Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-22-son Qarori bilan Farg‘ona shahrida tashkil etilgan Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti davlat muassasasi 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini boshladi.

Institutda xalqaro tendensiyalarni aks ettirishga moslashgan "ilmga asoslangan, amaliyot va biznesga yo‘naltirilgan (science-based, practice-business-oriented) ta’lim" tamoyili asosida xalqaro tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy eta oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi.

Ummon Sultonligining Atyab International Services kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan institutga quyidagi yo‘nalishlarda qabul o‘tkazilmoqda:

Bakalavriat yo‘nalishlari: Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot menejmenti, Iqtisodiyot: Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti, Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi 
Magistratura yo‘nalishlari: Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi, Biznesni boshqarish (Master of Business Administration, MBA)

Ta’lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi.

Murojaat uchun:???? +998953029090???? +998954029090

Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.