Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 127 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BAHODIR XOLIQOV RISHTON TUMANI HOKIMI ETIB TAYINLANDI

×

 2023-08-11 19:47:13    707

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Rishton tuman kengashining viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida bugun, 11 avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi.

Shu paytgacha Farg‘ona viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Xoliqov Bahodir Rahmatullayevichni Rishton tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari Rishton tuman kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

2019-yildan beri Rishton tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Sufhonjon Soliyev Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda hududida ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan ozod qilingandi.

Sessiyada so‘z olgan viloyat hokimi tumanda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan o‘zgarishlar, ayniqsa, aholi bandligini ta’minlashda muhim bo‘lgan kulolchilik sohasida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida erishilgan natijalarni alohida qayd etdi.

Shu bilan birga, bugungi rivojlanish davrida oshib borayotgan aholi talablaridan kelib chiqqanda amalga oshirilishini kutayotgan ishlar, hal etilishi lozim bo‘lgan muammo va masalalar talaygina ekaniga, qayd etilgan natijalar nisbiy olib qaraganda yetarli bo‘lmaganiga e’tibor qaratgan viloyat rahbari, yangi tuman hokimi oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Xususan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, xorijiy investitsiyalar ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarish korxonalarini ko‘paytirish, yangi kichik sanoat zonalari tashkil etish, hunarmandchilik va turizmni yanada rivojlantirish, ko‘p qavatli turar-joylar qurilishini yanada jadallashtirish, ijtimoiy soha, ayniqsa, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha aniq marralar belgilab berildi.

Bahodir Xoliqov 1972-yilda Rishton tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodiy kibernetika yo‘nalishida tamomlagan.

Uzoq yillar davomida Soliq tizimida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan, Marg‘ilon, Quvasoy va Farg‘ona shaharlari Davlat soliq inspeksiyalari boshlig‘i bo‘lgan. Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farg‘ona viloyati bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2019-2020-yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i, 2020-2021-yillarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.

2021-2022-yillarda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i, 2022-2023-yillarda viloyat mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.