Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SHUKURULLOXON NISBATXONOV MARG’ILON SHAHAR HOKIMI ETIB TAYINLANDI

×

 2023-08-11 21:24:00    1067

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 11-avgust kuni Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

2020-yildan beri Marg’ilon shahar hokimi bo’lib ishlab kelgan Adham Ziyavitdinov O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 27-28-iyul kunlari Farg’ona viloyatiga tashrifi chog’ida bo’lib o’tgan yig’ilishda hududida ishlarni lozim darajada tashkil etmagani uchun lavozimidan ozod etilgandi.

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida lavozimidan ozod etilgan Adham Ziyavitdinov o’rniga yangi shahar hokimini tayinlash bilan bog’liq tashkiliy masala ko’rildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Nisbatxonov Shukurulloxon Xolmatxonovich nomzodi Marg’ilon shahar deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo’llab-quvvatlandi va hozirga qadar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlab kelgan Shukurulloxon Nisbatxonov shahar hokimi etib tasdiqlandi.

Sessiyada so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, hunarmandlar shahri, tadbirkorlar yurti bo’lgan Marg’ilonning bugungi iqtisodiy ko’rsatkichlari mavjud salohiyatga umuman mos emasligi, shaharda yirik sanoat korxonalari deyarli yo’qligi, pirovardida soliq tushumlari past ekanligi, xorijiy investitsiyalar va eksport hajmi kamayib ketgani, ko’p qavatli uylar qurilishi sustligi, hududda ishsizlik yuqori ekaniga tanqidiy e'tibor qaratdi.

Allomalar vatani bo’lgan Marg’ilonning ta'lim sohasida Respublika bo’yicha eng past natijalardan biriga ega ekani, shaharda bor-yo’g’i bir dona kutubxona mavjudligi afsuslanarli holat ekani qayd etdi.

Xayrullo Bozorov Marg’ilon ahlini rozi qilish, aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, yangi ish o’rinlari yaratib, xorijda yurgan marg’ilonliklarning qaytishlari va munosib mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish, tadbirkorlar uchun ishonch muhitini shakllantirish, xorijiy investitsiyalar hajmini oshirish, sanoatni rivojlantirish, hunarmandchilik va turizmni yangi bosqichga olib chiqish, bir so’z bilan aytganda Marg’ilonda keskin ijobiy o’zgarishlar qilish bo’yicha yangi shahar hokimi oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Shukurulloxon Nisbatxonov 1969-yilda Qo’shtepa tumanida tug’ilgan. Andijon iqtisodiyot va boshqaruv institutini iqtisodchi mutaxassisligi bilan tamomlagan. 2000-yilgacha Yozyovon tumani davlat soliq inspeksiyasida turli mas'ul vazifalarda ishlagan. 2000-2010-yillarda Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasida sektor boshlig’i, bo’lim boshlig’i o’rinbosari va bo’lim boshlig’i lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2010-2014-yillarda Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari bo’lgan. 2014-2019-yillarda Qo’shtepa va Farg’ona shahar davlat soliq inspektsiyalarida, Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2019-2020-yillarda Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari, 2020-2022-yillarda Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i bo’lgan.

2022-yil aprel oyidan beri Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlab kelayotgandi.