Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 40 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MISRNING ENG YIRIK MOLIYA-SANOAT KORPORATSIYASI FARG’ONA VILOYATIDA MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA TARMOQLARI MODERNIZATSIYASIDA ISHTIROK ETISHNI HAMDA ISHLAB CHIQARISHGA INVESTITSIYA YO’NALTIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2023-09-02 10:38:20    125

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Vodildagi viloyat hokimligi “Qabullar uyi”da Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi – Hassan Allam Holding ijrochi direktori Mahmud El-Essaviyni qabul qildi. 

Uchrashuvda Hassan Allam Holding ishtirokida Farg’ona viloyatida toza ichimlik suvi tizimlarini modernizatsiya qilish, oqava suvlarni tozalash tizimiga zamonaviy texnologiyalar olib kirish, qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish, qurilish materiallari va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarini investitsion loyiha asosida barpo etish, viloyatimizda xalqaro savdo-logistika markazi tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi.

O’rta asrlarda Misrda yashab ijod qilgan buyuk olim, qishloq xo’jaligi va iqlimni baholashda juda muhim o’rin tutgan “Miqyos an-Nil” nomi bilan mashhur suv sathini o’lchaydigan inshootni barpo ettirgan Ahmad Farg’oniy yurtida bo’lib turganidan o’z mamnuniyatini izhor etgan Mahmud El-Essaviy, o’zaro manfaatli qo’shma loyihalarni hayotga tatbiq qilishda ishtirok etishga tayyorliklarini bildirdi. 

Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suv tizimlarini transformatsiya qilish jarayonida sohaga davlat-xususiy sheriklik tamoyili kirib kelayotganiga e'tibor qaratgan Xayrullo Bozorov, viloyatdagi qator istiqbolli hamkorlik loyihalariga to’xtalib o’tdi.

Xususan, Kampirobod suv omboridan Farg’ona viloyatiga 1 metr diametrdagi quvurlar yordamida 133 km. toza suv tarmog’i tortish ishlari olib borilayotganini qayd etgan viloyat rahbari, bu loyihani jadallashtirish maqsadida DXSh asosidagi investitsion takliflarni ko’rib chiqishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi. 

Farg’ona shahri va tutash hududlardagi ichimlik suvini zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda yumshatish, Beshariq tumanida ichimlik suvi tarmog’i tortish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, ilg’or texnik va texnologik yechimlar bilan viloyatdagi suv tozalash inshootlarini yangilash, bunda yuqori samarali ko’p bosqichli tozalash tizimi joriy etish va tozalangan suvlarni muayyan sohalarda qayta ishlatish imkoniyatini ta'minlash borasida ham hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Viloyatimizdagi doimiy shamol oqimi bo’lgan Beshariq tumani, shamol elektr qurilmalarini o’rnatish uchun yuqori salohiyatga ega bo’lgan hudud ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, bu hududda shamol elektr stantsiyasi loyihasini amalga oshirishda har tomonlama ko’mak berilishini qayd etdi.

Logistika sohasida katta tajribaga ega bo’lgan hamda Misrda yirik logistika tarmoqlarini tashkil etgan Hassan Allam Holding, geografik jihatdan Markaziy Osiyoda muhim o’rinda turuvchi Farg’ona viloyatida logistika markazi tashkil etishi, kompaniyaning yirik xalqaro hamkorlarini ham mamlakatimizga jalb etishi qayd etildi. Xayrullo Bozorov, eksport hajmi kun sayin ortib borayotgan Farg’ona viloyati uchun bu loyihaning ahamiyatiga alohida to’xtalib o’tdi.

Farg’ona viloyati sanoati jadal rivojlanib borayotganidan va qurilish sohasida keskin yuqorilash kuzatilayotganidan xabardor ekanliklarini ta'kidlagan Mahmud El-Essaviy qurilish materiallari va kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sohalariga investitsiya kiritish imkoniyatlarini ham yuqori baholadi.

Uchrashuvda muhokama qilingan loyihalarni amalga oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishildi, Farg’ona viloyati hokimligi va Hassan Allam Holding tomonidan hamkorlikni muvofiqlashtirib borish uchun mas'ullar belgilandi. Har bir masala bo’yicha o’rganishlar olib borish uchun yaqin kunlarda Misr tomonidan texnik mutaxassislarning viloyatimizga tashrifi tashkillanadigan bo’ldi.

Hassan Allam Holding 1936 yilda tashkil etilgan. Kompaniya Misrdagi eng yirik moliyaviy va sanoat korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. So’nggi 5 yil ichida u Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlarida 70 ta loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Forbes kompaniyani 100 ta eng yaxshi arab oilaviy korxonalar reytingiga kiritgan. Aktivlari 8 milliard dollar, ishchilar soni esa 45 ming nafar xodimni tashkil qiladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram