Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATIDA QISHLOQ XO’JALIGI EKINLARI URUG’CHILIGI SOHASIDA PEKIN QISHLOQ XO’JALIGI VA O’RMONCHILIK AKADEMIYASI QOSHIDAGI ILMIY-TADQIQOT MARKAZI BILAN HAMKORLIK YO’LGA QO’YILADI

×

 2023-11-07 19:57:04    3025

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Xitoyning qishloq xo’jaligi ekinlari urug’chiligi sohasida eng yirik muassasalaridan biri – Pekin qishloq xo’jaligi va o’rmonchilik akademiyasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligi ekinlari urug’chiligi sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Xitoyning O’zbekiston kabi kontinental iqlimga ega hududlari uchun qishloq xo’jaligi ekinlari urug’lari ishlab chiqish, yetishtirish, mevali daraxtlarning serhosil va chidamli ko’chatlari selektsiyasi bilan shug’ullanadigan ushbu markazda 1200 nafar professorlar ish olib borishini ma'lum qilgan mehmonlar, o’zlari ishlab chiqayotgan urug’lar va ko’chatlar Farg’ona viloyati iqlimiga juda mos kelishini qayd etdilar.

Hamkorlikning dastlabki bosqichida tajriba sifatida viloyatimizda ma'lum bir maydonda g’alladan keyin ozuqa-em uchun mo’ljallangan makkajo’xori o’rniga Pekin qishloq xo’jaligi va o’rmonchilik akademiyasi qoshidagi ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan, jahon bozorida katta talabga ega bo’lgan shirin makkajo’xorini ekishni yo’lga qo’yishga kelishib olindi. Xitoy makkajo’xorichiligida asosiy o’rinni egallab kelayotgan ushbu urug’ni, hozirda Vetnam va Pokistonda ham juda katta maydonlarda ekish yo’lga qo’yilgani, ushbu mamlakatlar yetishtirgan mahsulotlar to’laligicha xorijga eksport qilinayotgani bildirildi.

Bu maqsadda viloyatimiz selektsioner-olimlari hamda qishloq xo’jaligi sohasi vakillaridan iborat delegatsiya kelgusi oyda Pekinga borib, ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari bilan birgalikda makkajo’xori urug’ining tajriba partiyasi birgalikda tayyorlashda ishtirok etishi belgilandi.

Kelgusida boshqa ekinlar uchun hosildor urug’larni yetishtirish, viloyatimizdagi eski bog’larni intensivlashtirish borasida ham hamkorlikda ish tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram