Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 128 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


Viloyatda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari murojaatlari bilan ishlash borasida 2023-yilning 3-choragi davomida olib borilgan ishlar

 2023-12-28 14:19:32    125

PDF yuklash
Chop etish


Tahlillarni ko‘rsatishicha, 2023-yilning 3-choragi davomida viloyat hokimligi tomonidan jami 5033 ta (2022-yil 3-choragida 5174 ta yoki 3.8%ga kamaygan) jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining murojaatlari ko‘rib chiqilgan.

Aholini qiynab turgan muammolari bilan yanada jiddiyroq shug‘ullanish lozimligini inobatga olgan holda eng olis va chekka hududlarda tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilgan 21 ta ommaviy sayyor qabullar davomida 1053 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, viloyat hokimi va o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy qabullarda 549 nafar aholi vakillarining murojaatlari qabul qilindi.

Hisobot davrida shahar, tumanlar hokimliklari kesimida murojaatlarning ortishi holati kuzatilmagan bo‘lsada, kelib tushgan murojaatlarning eng ko‘pi Farg‘ona (890 ta), Qo‘qon (437 ta), Marg‘ilon (412 ta) shaharlari, Quva (320 ta), So‘x (313 ta) Oltiariq (264 ta), O‘zbekiston (278 ta), Toshloq (276 ta) Farg‘ona (308 ta) tumanlari hisobiga to‘g‘ri keladi.