Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA TURK ISHBILARMONLARI BILAN HAMKORLIKDA ZARGARLIK ZAVODI TASHKIL ETILMOQDA

×

 2023-12-31 12:02:48    6913

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mahalliy tadbirkor Ulug’bek Abdurahimov hamda uning turkiyalik hamkorlari Ali Uyanik va Jezmi Shenni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’onada tashkil etishga kirishilayotgan zargarlik zavodi loyihasi muhokama qilindi.

Umumiy loyiha qiymati 10 million dollarni tashkil etishi ko’zda tutilayotgan zavodda ikki yil ichida 300 dan ziyod doimiy ish o’rni yaratiladi. Korxonada oltin hamda kumushdan tayyorlangan zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi, shuningdek, zavod qoshida Izlanish va rivojlantirish (R&D) bo’limi hamda kasbiy ta'lim markazi faoliyat olib boradi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki bozorga yo’naltirish bilan birga YEvropa va AQSh bozorlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Viloyatda bo’sh turgan va faoliyat ko’rsatmayotgan bino-inshootlardan birida ijara asosida ikki oy ichida ishlab chiqarishni boshlanishiga kelishib olindi, Italiyadan buyurtma berilgan yirik jihozlarning yetib kelishiga qadar Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasida zavodning yangi binosi barpo etiladi.

Uchrashuvda viloyat hokimining birinchi o’rinbosari Xabib Sirojitdinov va viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram