Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA QUVAYTLIK YIRIK TADBIRKORLAR BILAN YANGI LOYIHALARGA QO’L URILMOQDA. HAMKORLIKNING DASTLABKI BOSQICHI TIBBIYOT SOHASIDAN BOSHLANDI

×

 2024-01-16 17:42:50    2495

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyatimizga tashrif buyurgan Quvaytning “Gulf Care General Trade” hamda “Energy Solutions” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi Eyad al-Saleh boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda tibbiyot va farmatsevtika, energetika hamda tog’-kon sanoati sohalarida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi, investitsion va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashildi.

Xususan, quvaytlik tadbirkor Farg’ona viloyatida yaqin vaqtlar ichida davlat tibbiyot muassasasi uchun diagnostika-laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash loyihasini beg’araz amalga oshirish istagi borligini ma'lum qildi. Loyiha uchun Respublika ixtisoslashgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazi Farg’ona viloyati filialida bino ajratiladigan bo’ldi.

Uchrashuvda quvaytlik investor O’zbekistonning ipakchilik sanoatini yuqori baholab, Farg’onada yirik ipakni qayta ishlash loyihasini ishga tushirib, ipak matolari va mahsulotlarining eksportini yo’lga qo’ymoqchi ekanligini ma'lum qildi. Uning ipakchilik, zargarlik, tog’-kon sanoati kabi yo’nalishlardagi loyihalarini amalga oshirishi uchun viloyatda barcha imkoniyatlar yaratib berilishi ma'lum qilindi.

Ma'lumot o’rnida, quvaytlik yirik tadbirkor sheyx Eyad al-Saleh neft va gaz, energetika, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish, ipakchilik, tog’-kon sanoati, metallurgiya yo’nalishlarida dunyoning turli davlatlaridagi 20 ga yaqin kompaniyalar sohibi sanaladi. Tadbirkorning Farg’onaga ikkinchi bor kelishi. Birinchi tashrif hudud imkoniyatlarini o’rganishga qaratilgan. Galdagi safar esa ilk loyihalarni boshlab berdi. Uning kompaniyalari negizidagi klinikalarning yuqori malakali shifokorlari 8 kun davomida viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazida 28 ta yuqori texnologik murakkab jarrohlik amaliyotlari, shu jumladan, interventsion kardiologik amaliyotlarni bepul o’tkazdilar. Aytish kerak, ushbu bemor bolalar 2023 yil avgust oyida quvaytlik shifokorlar tomonidan o’tkazilgan tibbiy ko’rik davomida saralab olingan. Operatsiyalar orqali esa bemor bolalar va ularning oila a'zolariga quvonch baxsh etildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram