Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYANING NIPPON TIL O’RGATISH AKADEMIYASI VILOYATIMIZDAGI MAKTABLARDA YAPON TILINI O’RGATISH BO’YICHA HAMKORLIKNI YO’LGA QO’YMOQDA

×

 2024-03-02 17:32:37    3869

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov Yaponiyaning Nippon til o’rgatish akademiyasi (Nippon Language Academy) prezidenti Ono Mayuko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Mingga yaqin o’rganuvchiga bir vaqtda yapon tilini o’qitish imkoniyatiga ega bo’lgan hamda dunyoning o’nlab davlatlaridan yuzlab talabalarga Yaponiyada yapon tili ta'limi berayotgan Nippon til o’rgatish akademiyasi vakillari bilan bo’lgan muloqotda Farg’ona viloyatida maktab o’quvchilariga yapon tilini o’rgatish hamda kelajakda Yaponiyada ta'lim olishlari va mehnat faoliyati olib borishlariga imkoniyat yaratish istiqbollari muhokama qilindi.

Viloyatimizdagi qator maktablarda bo’lib, yapon tili darslari va xorijiy tillarni o’rgatish to’garaklari bilan yaqindan tanishayotganliklarini qayd etgan Ono Mayuko, maktablarda yapon tili va madaniyati bo’yicha ochiq darslar, xorijiy tillarni o’rgatayotgan o’qituvchilarga esa seminar tashkil etish, shuningdek, onlayn darslar o’tish, o’quvchilarga elektron o’quv darsliklarini yetkazilishi ham rejalashtirilganligini ma'lum qildi. Yapon tilini o’rganish va oliy ta'limni Yaponiyada davom ettirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni yoshlarga tanishtirish asosiy maqsad ekanini bildirdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov bildirilayotgan takliflar bo’yicha viloyat hokimligi tomonidan kerakli ko’mak ko’rsatilishini qayd etib, bu orqali Farg’ona va Yaponiya o’rtasidagi har tomonlama aloqalarni yanada kengaytirishga, viloyatimizga kirib kelayotgan yapon biznesi uchun til biluvchi mutaxassislar sonini ko’paytirishga xizmat qilishini ta'kidladi.

Ma'lumot o’rnida, 2023 yildan e'tiboran Farg’ona viloyati bo’yicha har bir shahar va tumandan tanlab olingan bittadan maktabda sinov tariqasida Yaponiya ta'lim tajribasi tatbiq etildi, shuningdek, Rishton tumanidagi Noriko-Gakkyu til maktabida yoshlarga yapon tili o’rgatilib, ularning ko’pchiligi Yaponiyadagi oliy o’quv yurtlarida o’qishga qabul qilingan.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram