Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI TOSHLOQ TUMANIDA AMALGA OSHIRILGAN VA REJALASHTIRILAYOTGAN YANGI LOYIHALAR BILAN TANISHDI

×

 2024-03-03 16:24:51    4071

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga Toshloq tumanida bo’lib, tumanda amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan yangi investitsion loyihalar bilan tanishdi.

Dastlab “Taraqqiyot” kichik sanoat zonasida tashkil etilgan “MNG-GROUP’S” MChJning metall armatura mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasiga borildi.

Loyiha qiymati 28 milliard so’m bo’lgan, tadbirkorning o’z mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan yangi korxonada yiliga 25 ming tonna metall armatura va temir beton ishlab chiqariladi. 50 ta ish o’rni yaratilgan.

Qanjirg’a MFYda “Izmir textile” MChJ tomonidan loyiha qiymati 8 million dollar bo’lgan sun'iy ipdan mato ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan korxonada 100 ta yangi ish o’rni yaratiladi.

Zarkent MFYda esa tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi hamda limon va poliz ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona faoliyati ham ko’zdan kechirildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Toshloq tumanidagi o’rganishlari davomida joriy yilda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilyotgan investitsiya loyihalari bilan ham tanishdi. 








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram