Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TASHKIL TOPGANLIGINING 28 YILLIGI TANTANALI NISHONLANDI

×

 2024-03-04 11:58:55    4086

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 28 yillik bayrami munosabati bilan tadbir o’tkazildi.

Mazkur tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari va huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari hamda soha xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshqarma shaxsiy tarkibini kasb bayrami bilan qutlab, tizimda yurt tinchligi va osoyishtaligi yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan xizmatchilarga alohida minnatdorlik bildirdi.

So’nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida tizim yangi bosqichga ko’tarilgani, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi respublika miqyosida yangi innovatsion g’oyalar, tashabbuslarni joriy qilishda namuna bo’lishligi qayd etildi. Favqulodda vaziyatlar holatida tizim oldida xalqimizni ushbu holatlarda sodir bo’ladigan vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish kerakligi, har bir xonadonga yetib borish va bu kabi holatlardan aholini doimiy ogoh bo’lishini ta'minlash kerakligi ta'kidlandi.

Vazirlik tashkil topganligining 28 yillik bayrami munosabati bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining bir guruh faol xodimlari samarali va sadoqatli xizmatlari uchun viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram