Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 95 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OZARBAYJON KOMPANIYASI FARG’ONADA MINI-GESLAR TARMOG’INI BARPO ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-03-04 17:41:23    4121

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Ozarbayjonning AS Group Investment kompaniyalar guruhi bosh direktori Tural Seidov rahbarligidagi ushbu kompaniya boshqaruvi vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda AS Group Investment tomonidan Farg’ona viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarga asoslangan mini-GESlar tarmog’ini yaratish, qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Qurilish, energetika, qishloq xo’jaligi, qurilish materiallari sanoati sohalarida hamda infratuzilmalarni kompleks rivojlantirishda Ozarbayjonda, Gruziyada hamda Turkiyada qator yirik loyihalarni amalga oshirgan AS Group Investment, Ozarbayjonning ozod qilingan Qorabog’ mintaqasidagi birinchi “aqlli qishloq” – Agali loyihasini to’la amalga oshirgan. Kompaniya hozirda respublikamizda ham yirik muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari loyihalarida ishtirok etmoqda.

Muloqot davomida viloyatimiz hududidagi oqar suv manbalarida mikro va kichik gidroelektr stantsiyalarni joylashtirishning texnik imkoniyatlari AS Group mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqilishiga hamda bo’lg’usi mini-GESlarning texnik parametrlarini ishlab chiqilishiga kelishib olindi. Muzokaralar kelgusida davom ettiriladigan bo’ldi. Viloyatimizga qurilish sohasiga investitsiyalar yo’naltirish hamda qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasini barpo etish bo’yicha ham AS Group Investment kompaniyasi o’z loyihalari ustida ish olib borishi belgilandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram