Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TANTANALI VILOYAT BAYRAM TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2024-03-06 16:31:29    4201

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali viloyat bayram tadbiri tashkil etildi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat sektorlari rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan tadbirda 500 nafarga yaqin viloyatimizning faol xotin-qizlari jam bo’ldilar.

Viloyat hokimi barcha yurtimiz ayollarini, farg’onalik xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

O’z so’zida Davlatimiz rahbarining “Oila tayanchi, jamiyat ustuni bo’lgan onalarimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bo’lsa, butun xalqimiz hayotdan rozi bo’ladi. Xalq rozi bo’lsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi bo’ladi” degan fikrlarini iqtibos qilib keltirgan Xayrullo Bozorov, muhtaram Prezidentimiz rahbarliklarida yurtimizda ayollar qadrini ulug’lash, mo’'tabar onalarimiz, opa-singillarimiz uchun munosib turmush sharoitlari yaratish bosh maqsadga aylanganini ta'kidlab, bu borada viloyatimizda o’tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlarga to’xtalib o’tdi.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali o’tgan 2023 yilda ehtiyojmand xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida 112 ming nafar xotin-qizlarga manzilli yordamlar ko’rsatildi. Buning uchun Respublika va viloyat mahalliy byudjeti hamda boshqa manbalar hisobidan 89,3 mlrd. so’m mablag’ sarflandi.

2023 yilda 17 ming nafardan ziyod tadbirkorlik faoliyatini boshlagan xotin-qizlarga 250 mlrd. so’m imtiyozli kreditlar ajratilib, bandligi ta'minlandi. Tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish istagida bo’lgan 24 ming nafardan oshiq xotin-qizlarga 343,1 mlrd. so’m imtiyozli kredit mablag’lari ajratildi. Qariyb 27 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan o’qitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi.

O’tgan yili 600 nafardan ziyod opa-singillarimizning uy-joy sharoiti yaxshilandi, 1000 nafardan oshiq ehtiyojmand xotin-qizlarga ijara to’lovlari qoplab berildi.

Bu ishlar natijasida xonadonlarga quvonch va shodlik kirayotgani, minglab ayollarning ruhi ko’tarilib, o’ziga bo’lgan, farzandlarining kelajagiga bo’lgan ishonchi mustahkamlanayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida viloyat ijtimoiy hayotida faollik va tashabbuskorlik ko’rsatgan, o’zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo’shgan, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog’lomlashtirish va milliy qadriyatlarni keng targ’ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan 22 nafar xotin-qizlarga “Mo’'tabar ayol” ko’krak nishonlari topshirildi.

Shuningdek, bir guruh faol xotin-qizlar viloyat hokimligi faxriy yorlig’i hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Muhsinbek Mo’minov, Alisher Fayz, Bunyodbek Saidov kabi el ardog’idagi taniqli san'atkorlar ishtirokidagi chiqishlar, kuy-qo’shiqlar tadbir qatnashchilariga yanada ko’tarinkilik ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram