Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 106 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


LOLAXON MURODOVANI YOD OLIB

×

 2024-03-09 17:24:49    2176

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida O’zbekiston Qahramoni, taniqli jamoat arbobi, “Nurli obod” fermer xo’jaligi rahbari Lolaxon Murodova tavalludining 66 yilligiga bag’ishlangan xotira tadbiri bo’lib o’tdi. Unda keng jamoatchilik vakillari, ijodkorlar, fermerlar va oila-a'zolari ishtirok etdi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Komila Kavlonova, “Nuroniy” jamg’armasi viloyat bo’limi raisi Zokirjon Rahmonov va boshqalar mehnat insonni ulug’lashini, bu borada oddiy qishloq ayoli Lolaxon Murodovaning umr yo’li namuna ekanligini ta'kidladi.

Butun hayoti va mehnat faoliyatini qishloq xo’jaligi rivojiga bag’ishlagan Lolaxon Murodova bugun oramizda yo’q. Dehqonchilik sohasining sirlarini chuqur egallagan, boy bilim hamda hayotiy tajribasi, bor kuch-g’ayratini el-yurt ishiga bag’ishlagan mirishkor inson umrining oxirigacha o’z kasbiga sodiq qolib, o’zining halol mehnati bilan ko’pchilikka ibrat va namuna bo’ldi. U nafaqat Farg’onaning, balki yurtimizning faxri, haqiqiy o’zbek dehqon ayoli timsoli edi.

Lolaxon Murodova davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari uchun mustaqillik yillarida “O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan qishloq xo’jaligi xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan, 2019 yilda esa “O’zbekiston Qahramoni” yuksak unvoniga sazovor bo’lgan edi.

Tadbir ishtirokchilari Lolaxon Murodova qabrini ziyorat qildilar, u yashagan xonadonda bo’lishdi. Fermer xo’jaligining dala shiyponida davom etgan ma'naviy-ma'rifiy kechada uning hayot yo’li, ezgu ishlari yodga olindi. Dala shiyponiga gullar va daraxtlar ekildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram