Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTON VA O’ZBEKISTON TUMANLARIDA BOG’DORCHILIKNI RIVOJLANTIRISH HAMDA BOG’ QATOR ORALARIDAN UNUMLI FOYDALANISH BO’YICHA SEMINARLAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-03-09 19:36:22    2204

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Rishton va O’zbekiston tumanlarida bog’dorchilikni rivojlantirish hamda bog’ qator oralaridan unumli foydalanish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida seminarlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Bag’dod, Beshariq, Buvayda, Dang’ara, Rishton, Uchko’prik, Furqat va O’zbekiston tumanlari 4 ta sektor rahbarlari hamda sohaga mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.

Dastlab Rishton tumanidagi “Sardor Oygul fayzi” bog’dorchilik fermer xo’jaligi faoliyati ko’zdan kechirildi. Bu yerda 2 gektar maydonning 1,5 gektarida o’rik va shaftoli bog’i tashkil etilgan bo’lib, 0,5 gektar maydondagi issiqxonada limon yetishtirilmoqda.

Keyingi manzilda tadbirkor Qodirjon Qosimov tomonidan barpo etilayotgan xandon pista plantatsiyasi bilan tanishildi.

“Navbahor” MFY hududida suvsiz, toshloq hududda joylashgan mazkur plantatsiyada bir qator samarali ishlar amalga oshirildi. 157 gektar maydonda 141 mingdan ortiq pista ko’chatlari hamda 54 mingga yaqin o’rik, gilos, shaftoli, nok ko’chatlari ekilib, parvarish qilinmoqda. Tadbirkor tomonidan pista va boshqa turdagi ko’chatlarni invitro usulida yetishtirish laboratoriyasi qurilish ishlari boshlangan.

Shu joyda Qodirjon Qosimov o’z taqdimotida ushbu hududda ko’chatlarni sug’orish uchun 4 ta hovuz qurilgani, 5 km. masofadan elektr tarmog’i tortib kelingani, 5 ta nasos stantsiyasi qurilgani, 2 bosqichda tomchilatib sug’orish tizimi ishga tushirilayotganligi haqida hamda kutilayotgan natija, eksport salohiyati borasida ma'lumotlar berdi.

Kunning ikkinchi yarmida O’zbekiston tumanidagi bog’ maydonlari va qator oralaridan unumli foydalanayotgan, zamonaviy tomchilatib sug’orish tizimlarini joriy etishga kirishayotgan fermer xo’jaliklari dala maydonlariga borib ko’rildi.

“Olimov Zufarjon” bog’dorchilik fermer xo’jaligining 1 gektar maydonida asosan o’rik va shaftoli ko’chatlari ekilgan bo’lib, uning qator oralaridan ham unumli foydalanish maqsadida 60 sotix maydonda qulupnay ko’chati yetishtirilmoqda. O’tgan yilning o’zida 55 million so’m sof daromad olindi. Bundan tashqari, qulupnay mavsumi kelguncha sabzavotlar ekilib, hosil ham olinadi.

“O’qchi tuman mevalari” bog’dorchilik fermer xo’jaligi jami yer maydoni 4 gektar bo’lib, uning 2 gektariga har yili bog’ qator oralariga kartoshka ekilib, yaxshigina hosil yig’ib olinmoqda. Afzalligi ham yerdan unumli foylanilmoqda ham daromad olish imkoni yaratilgan.

Viloyat va tumanlar sektorlar rahbarlari hamda qishloq xo’jaligiga mas'ul vakillar ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda ham bog’dorchilikni rivojlantirish hamda bog’ qator oralariga issiqxonalar tashkil qilish hisobiga odamlarni daromadini oshirish asosiy maqsad ekanligi tushuntirildi. Eksportyorlarni ko’paytirish, xorij tajribalarini o’rganish, har bir hudud rahbarlariga tadbirkorlarni topish, mahallalarga qayta ishlash, saqlash va logistika xizmatlarini olib kirish bo’yicha vazifalar qo’yildi.

Bu yo’nalishlarda Rishton tumanida olib borilgan ishlar qoniqarsiz deb topilib, tumandagi mavjud 4700 gektar bog’lar 4 ta sektor rahbariga biriktirib berilib, 1 oy muddatda namunali ish yo’lga qo’yilishini ta'minlash vazifasi topshirildi.

Shuningdek, har bir hudud bugungi amaliy seminarlardan kelib chiqib, o’z hududida aholining doimiy daromad manbai bilan ta'minlash uchun tizimli ish tashkil qilish kerakligi qayd etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram