Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 60 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BOG’DORCHILIK SOHASINI TARTIBGA KELTIRISH BORASIDA BERILGAN TOPSHIRIQLAR IJROSI O’RGANILMOQDA

×

 2024-03-10 17:54:50    2353

PDF yuklash
Chop etish


Mevali bog’ va tokzorlarda bahorgi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, bog’ qator oralarini haydash, ertaki ekinlar ekish, sug’orish tarmoqlarini betonlashtirish, yangi intensiv bog’lar barpo etish, dehqon xo’jaliklarini eksportyorlarga, agroklasterlarga, kooperatsiyalarga biriktirish bo’yicha joylarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligida shahar va tumanlarda seminarlar o’tkazilmoqda.

Shu kabi seminar bugun Quvasoy shahri va Farg’ona tumanida tashkil etildi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Farg’ona va Quvasoy shaharlari, Yozyovon, Oltiariq, Qo’shtepa, Quva, So’x, Toshloq, Farg’ona tumanlari 4 ta sektor rahbarlari hamda sohaga mas'ul mutasaddilar ishtirok etdilar.

Quvasoy shahrida bo’lgan sektor rahbarlari dastlab adirlik yonida Eldor Umarov say'-harakati natijasida obod bo’layotgan hudud bilan tanishdilar. Tadbirkor 17 gektar maydonda tomchilatib sug’orish hisobiga 100 mingga ko’chat yetishtirmoqda. Adirlikni obod qilish uchun 1,2 mlrd. so’m mablag’ sarfladi. 2023 yilda qariyb 8 gektar maydonga turli sabzavotlar ekib, 500 million so’mlik daromad ham oldi.

Xurshid Normatov rahbarligidagi UZ-Segang korxonasi bog’larida esa 500 gektar maydonga tomchilatib sug’orish tizimi joriy qilingan. Shundan 400 gektar maydonga gilos, nektarin ko’chatlari ekilgan. Bu yil 70 gektar maydondagi ko’chatlar ilk hosil berishni boshlaydi. Ko’chat oralaridan ham unumli foydalanish uchun salafat tortilib, qulupnay, salat bargi, karam, qovun, tarvuz ekilib, eksportga yo’naltirish rejalashtirilgan. Hozirda 200 ta ish o’rni yaratilgan.

Seminar ishtirokchilari Bunyodkor yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida ham bo’lib, hududda amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdilar. Xususan, 2 gektar maydonda gidroponika usulida pomidor yetishtirish hamda 1 gektar maydondagi issiqxonada bodring parvarishlash jarayonlari ko’zdan kechirildi.

Farg’ona tumanida esa Novkent MFY, Farobiy ko’chasidagi xonadonlarda amalga oshirilgan issiqxonalarda qulupnay, limon va boshqa turdagi sabzavotlar yetishtirish jarayonlari borib ko’rildi.

Viloyat, shahar va tumanlar sektorlari rahbarlari hamda meva-sabzavotchilik klasterlari, “Tomorqa xizmat” klasterlari, eksportyorlar va kooperatsiya rahbarlari, qishloq xo’jaligiga mas'ul vakillar, tijorat banklari rahbarlari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda mevali bog’ va tokzorlarda bahorgi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, bog’ qator oralarini haydash, ekinlar ekish, sug’orish tarmoqlarini betonlashtirish, yangi intensiv bog’lar barpo etish, dehqon xo’jaliklarini eksportyorlarga, agroklasterlarga, kooperatsiyalarga biriktirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

Bugungi o’rganishlar davomida bog’dorchilik sohasini tartibga keltirish bo’yicha berilgan topshiriqlar ijrosi Farg’ona tumanida yetarlicha tashkil etilmagani tanqid qilindi. 1 oy muddat berilib, shu davrda barcha topshiriqlarni namunali qilib bajarish va qayta ko’rsatish topshirildi.

Shuningdek, barcha shahar va tuman sektorlari rahbarlari hududidagi bog’larni teng bo’lib, bog’ egalari bilan ishlashi, ekinini ektirib, daromadi va eksportiga ko’mak berishi yuklatildi.

Har 15 kunda bittadan hududda ushbu topshiriqlar bo’yicha o’rganish o’tkazilishi ma'lum qilindi. Barcha bog’ va tokzorlarni eksportyorlarga, kooperatsiyalarga biriktirish topshirildi. Bank tomonidan berilayotgan imkoniyat va imtiyozlardan to’laqonli foydalanish, samaradorlikka erishish shartligi qayd etildi. Har bir sektor rahbari o’rganishlardan tegishli xulosa chiqarib, o’z sektori hududida sezilarli o’zgarish qilishi lozimligi uqtirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram