Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


"QO’QON" EIZDA XITOYNING JIANHUA CERAMICS KOMPANIYASI KERAMIKA MAHSULOTLARI VA KAFEL ISHLAB CHIQARISH BO’YICHA 50 MLN. DOLLARLIK INVESTITSION LOYIHANI AMALGA OSHIRMOQDA

×

 2024-03-11 23:10:54    1074

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga bugun Uchko’prik tumanida bo’lib, “Qo’qon” EIZda amalga oshirilayotgan yangi investitsion loyihalar bilan tanishdi.

Dastlab Xitoyning Jianhua Ceramics kompaniyasi tomonidan “Qo’qon” EIZ hududida keramika mahsulotlari va kafel ishlab chiqarish bo’yicha amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihaning qurilish jarayonlari ko’zdan kechirildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning o’tgan 2023 yilda Xitoyga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu loyihaga xitoylik investorlarning 50 mln. dollar to’g’ridan to’g’ri investitsiyasi yo’naltirilgan. Qurilish ishlari o’tgan yilning noyabr oyida boshlangan bo’lib, hozirda jadallik bilan davom etmoqda. Ushbu korxona ishga tushishi natijasida yiliga 9,5 mln. kv.m kafel mahsulotlari ishlab chiqariladi, yillik 40 mln. dollarlik mahsulotlar eksport qilinishi ko’zda tutilgan.

Viloyat hokimi investorlar bilan oldinda turgan masalalar bo’yicha suhbatlashdi.

“Bog’i-bo’ston” MFY hududidagi "BAXT HOUSE LYUKS 007" MChJ XK tomonidan 2023 yilning 2-choragida ishga tushirilgan Shifer ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Loyiha qiymati 25,2 mlrd. so’m bo’lgan korxona 0,5 gektar maydonda qad rostlagan. Uskuna va jihozlar Xitoydan keltirilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 450 ming donani tashkil etadi. 30 ta ish o’rni yaratilgan.

“Shukrona mebel fayz” MChJ tomonidan esa mebel mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. 2022 yilda faoliyatini boshlagan korxona uchun 2,5 mlrd. so’m tadbirkorning o’z mablag’i sarflandi. Ushbu korxonada kreslo va stullar, ofis, maktab, bog’cha, tibbiyot va boshqa turdagi mebellar ishlab chiqarilmoqda. Hozirda 8 nafar mahalliy yoshlar ish bilan band qilingan.

Shu kuni “Bog’i-bo’ston MFY hududida qurilishi rejalashtirilgan 15 ta 7 qavatli 42 xonadonga mo’ljallangan ko’p qavatli turar joy binolarining qurilish ishlariga start berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram