Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI UCHKO’PRIK TUMANIDA IJTIMOIY VA INVESTITSION SOHALARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2024-03-11 23:25:34    1094

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanidagi ijtimoiy va investitsion sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tumandagi 20-umumta'lim maktabining yer to’la qismi ta'mirlanib, “Akhmad club” nodavlat ta'lim muassasasi faoliyati yo’lga qo’yildi. Bu yerda oliy o’quv yurtiga tayyorlov, voleybol, boks, karate, sambo, MMA, milliy kurash, qo’l jangi va yengil atletika ixtisoslashgan sport turlari bo’yicha 382 nafar o’g’il-qiz shug’ullanib kelmoqda. Ular orasidan 12 ta jahon chempionlari ham chiqqan.

Sport klubi faoliyati bilan tanishgan viloyat hokimi, xalqaro musobaqalarga yo’llanma olgan sportchilarga har tomonlama ko’mak berilishini qayd etdi.

“Begmurod” MFYda Ahrorjon Toshmatov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan farmatseftika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ham ko’zdan kechirildi. Loyiha qiymati 55,5 mlrd. so’m bo’lgan korxonada yiliga 15 mln. qadoqda 20 turdagi dori vositalari ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Uskuna va jihozlar Xitoy davlatidan keltirilib, o’rnatilgan.

Ushbu mahallada 2023 yilning mart oyida ishga tushirilgan Avtomobillar uchun extiyot qismlari ishlab chiqarish korxonasi bilan ham tanishildi. 11,9 mlrd. so’m sarmoya kiritilgan korxonada yillik 7,8 mln. dona avtomobillar ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi.

Tadbirkorlar bilan muloqotda bo’lgan viloyat hokimi, loyihalarni tez va sifatli amalga oshirish, kengaytirish uchun har tomonlama ko’mak berilishini ta'kidladi. Tuman sektorlari rahbarlariga aholi uchun ish o’rinlarini yaratish va turmush sharoitlarini yaxshilash bo’yicha samarali ish tashkil etish borasida vazifalar belgilab berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram