Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MAHALLALARDA AHOLI DAROMADINI OSHIRISH VA KAMBAG’ALLIKNI QISQARTIRISHDA UCHKO’PRIK TUMANIDAGI MAVJUD KATTA SALOHIYATDAN UNUMLI FOYDALANILMOQDA

×

 2024-03-11 23:43:49    1832

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Uchko’prik tumanidagi o’rganishlari davomida mahallalarda aholi daromadini oshirish va kambag’allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Uchko’prik tumanining markazdan o’n besh chaqirim olisda joylashgan “Tojik” mahalla fuqarolar yig’ini aholisi tomonidan tomorqada tsitrus meva – limon yetishtirish borasida o’ziga xos tajriba maktabi yaratilgan.

Aholi tomorqalarida limon parvarishlash mahallaning “o’sish nuqtalari”dan biriga aylangan. Mahallada limonchilik jadal rivojlanib, shuning barobarida limon ko’chatlari yetishtirish, ichki bozorda sotish va xorijga eksport qilish borasida salmoqli natijalarga erishilmoqda.

Ushbu mahallada yashovchi Kozimxon Turobov xonadonidagi qariyb 35 sotix yer maydonidagi issiqxonada limon ko’chati yetishtirib, mo’may daromad olmoqda.

Tadbirkor xonadonida banan va ananasni mahalliylashtirish bo’yicha ham tajriba qilinmoqda.

Bundan tashqari, Kozimxon Turobov mahallada limonchilik kooperatsiyasini ham tashkil etgan. Bu jarayonda hududdagi 420 ta xonadon qamrab olinib, ushbu xonadonlarga limon ko’chati yetkazib beriladi, hosil esa shartnomada kelishilgan narxda qayta sotib olinadi. O’tgan yili 7,5 ming tup limon ko’chati xonadonlarga berilgan.

Shu orqali butun mahalladagi aholi xonadonlarida limon ko’chatlari va uning oralariga esa sabzavotlar ekilib, ham daromad olinib, ham oiladagilar bandligi ta'minlanmoqda. Bundan tashqari, limondan olingan daromadga qo’shimcha tadbirkorlik faoliyati ham yo’lga qo’yilmoqda.

O’tgan 2023 yilda mahallada yetishtirilgan limonlarni kooperatsiya usulida sotib olib, qiymati 1 mln. dollardan ziyod mahsulot eksportini amalga oshirgan. Bu yil 1,5-2 mln. dollarlik eksport marrasi ko’zlanmoqda.

Poloxon MFYda yashovchi Inomjon Meliqo’ziyev dastlab 75 million so’m kredit olib xonadonida barpo etilgan issiqxonada limon va mandarin ko’chatlarini yetishtirishni boshladi. Mehnatlari o’z samarasini berib, hosil kutilgandan ko’ra ortiq bo’ldi. Buning ortidan Inomjon aka xonadonida paypoq ishlab chiqarish tsexini ishga tushirdi. Hozirda paypoq ishlab chiqarish ortidan oyiga 15-20 mln. so’m daromad ham olmoqda.

Qumariq MFYda tadbirkor Muhsinjon Ahmadaliyev ham o’z xonadonida 1 yoshgacha bo’lgan chaqaloqlar uchun 20 xildan oshiq kiyim-kechaklar tayyorlash oilaviy korxonasini yo’lga qo’ydi. 80 ta ish o’rni yaratildi.

“Lamoda” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar mahalliy va qo’shni davlatlarga eksport qilinmoqda. 1 oyda 40 mingta mahsulot ishlab chiqarilib, 400 mln. so’m daromad olinmoqda.

Beshkapa MFYda aholi asosan hunarmandchilik va arqonchilik bilan shug’ullanadi. Mahallada 400 ta xonadon bo’lsa, shundan 100 dan ortig’i aynan temirchilik, arqon, chilvir va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bilan band. Mahsulotlar qo’shni davlatlarga eksport qilinib, daromadlari oshmoqda.

Tadbirkorlarning o’z faoliyatlarini kengaytirish uchun bank kreditlari ajratish bo’yicha murojaatlari ijobiy hal etiladigan bo’ldi.

Mahallalarda amalga oshirilgan bu kabi ishlarni yuqori baholagan viloyat hokimi, har bir hududning o’sish nuqtasi sifatida mahalla markazlaridagi bo’sh maydonlarda zaruriy muhandislik-kommunikatsiya tizimiga ega bo’lgan ishlab chiqarish mini-komplekslari tashkil qilish hamda xonadonlarda ishlab chiqarish qilayotgan mahalla tadbirkorlariga qulay sharoitlar yaratish bo’yicha tuman rahbarlariga vazifalar yukladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram