Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOY KOMPANIYASI FARG’ONADA YUKLAGICH TEXNIKALARI ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-03-12 11:02:30    1503

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Shandong Hualiang Heavy Industry Machinery” kompaniyasi vakillari Gay Guoshuay hamda Chen Xonglianni qabul qildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning joriy yil yanvar oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida o’tkazilgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar doirasida viloyatimizga kelgan Xitoy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvda Farg’onada yuklagich texnikalari ishlab chiqarish investitsion loyihasini amalga oshirish hamda Ekoshahar hududida 20 qavatdan yuqori turar-joylar majmuasi barpo etish masalalari muhokama qilindi.

Qiymati 20 mln. dollar bo’lgan ushbu loyiha yuklagich texnikalarini ishlab chiqarish bilan birga ehtiyot qismlarining lokalizatsiyani ham o’z ichiga oladi. Ishlab chiqariladigan texnikalar yangi O’zbek brendi bilan ichki va tashqi bozorga yo’naltiriladi.

Shuningdek, Ekoshahar hududida 20 qavatdan yuqori turar-joylar majmuasi barpo etish bo’yicha o’z kontseptsiyalarini viloyat hokimiga taqdim etgan Xitoy vakillari, ko’p qavatli uylar uchun zarur texnologik shartlarni hisobga olgan holda, beton qorishmasi ishlab chiqarish korxonasi rejalarini ham ma'lum qildilar. Bunda kompaniya tomonidan barpo etiladigan uylarda yuqori sifatni ta'minlash bilan birga, shahar hududida 20-30 qavatli binolar qurishga kirishayotgan boshqa qurilish kompaniyalariga ham talab etiladigan sifatdagi beton qorishmasini yetkazib berish imkoniyati shakllanadi.

Viloyat hokimi ushbu loyihalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov hamda viloyat hokimining Farg’ona va Xitoy o’rtasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo’yicha maslahatchisi Otaxon Xayrullayev ham ishtirok etdilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram