Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“EZGULIK - SHIORIMIZ, MA'RIFAT - QUROLIMIZ!”

×

 2024-03-14 10:08:47    2561

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat Ma'naviyat va ma'rifat kengashi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan shahar va tumanlarda “Ezgulik - shiorimiz, ma'rifat - qurolimiz!” shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy targ’ibot tadbirlari boshlandi. Unda poytaxtimizdan tashrif buyurgan "Ma'rifat" targ’ibotchilar jamiyati a'zolari, taniqli olimlar, shoir hamda san'atkorlar ishtirok etmoqda.

Marg’ilon shahrida tashkil etilgan tadbirda mahallalarda istiqomat qilayotgan xotin-qizlar, oila bekalari, fan, ta'lim, madaniyat kabi yo’nalishlarda muvaffaqiyatga erishgan qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida mamlakatimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor hamda yoshlarning ma'naviy tarbiyasida ularning muhim o’rin tutishi xususida so’z yuritildi.

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Hamidjon Toshpo’latov, falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori Shahlo Ahrorova, shoir Dilshod Rajab, xonanda Aziz Rajabiy va boshqalar ayollarga o’z ehtiromini bildirdi. Tadbirda ayollarning xususan, qiz bolaning o’qib, oliy ma'lumotli bo’lishi, kasb-hunar egallashi oila baxti, farzandlar kamoli uchun, shu asosda butun jamiyat ravnaqi uchun xizmat qilishi qayd etildi.

Navro’zi olam bilan uyg’unlashgan bu kabi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram