Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OILAVIY TADBIRKORLIKNI HAMDA UY XO’JALIGINI AHOLI DAROMADINI OSHIRISH MANBASIGA AYLANTIRISH BORASIDA MARG’ILON SHAHRIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHILDI

×

 2024-03-15 21:04:19    2381

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan Marg’ilon shahridagi o’rganishlari davomida yangi xizmat ko’rsatish ob'ektlari, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqa va uy xo’jaligini aholi uchun daromad manbasiga aylantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni ko’zdan kechirdi.

So’nggi yillarda hunarmandlar shahri bo’lgan Marg’ilonga turistlarning tashrif buyurishi salmog’i ortmoqda. Shu bois, zamon talablari asosidagi mehmonxonalarga nisbatan talab ham birmuncha oshmoqda. Bobur Hakimov shu maqsadda 2 mlrd. so’m mablag’ hisobiga 12 o’rinli zamonaviy mehmonxona qurmoqda. Mazkur mehmonxona ham turistlar ham mahalliy aholi uchun sifatli xizmat ko’rsatishi belgilangan.

Shahar markazida avtomobillar uchun zamonaviy avtoturargoh majmuasi foydalanishga topshirildi. 3 qavatdan iborat va 300 o’rinli ushbu majmua Marg’ilon dehqon bozori va unga tutash hududlarga kelib-ketuvchi aholi qatlami uchun tom ma'noda qulaylik yaratadi. Majmuaning birinchi qavati esa ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun tadbirkorlarga beriladi.

Viloyat hokimi shu kuni o’z xonadonida tadbirkorlikni yo’lga qo’yib, qo’shnilarini ham ishli, ham daromadli qilayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Tadbirkorlar o’z xonadonlarida tashkil etilgan tsexlardagi ish jarayonlari, faoliyatlari haqida gapirib berdilar. 15 tadan 30 tagacha ish o’rni yaratgan tadbirkorlar o’zlari daromad topish bilan birga ishchi-xodimlarga ham yaxshi maosh to’lab bormoqdalar. Viloyat rahbarlari ko’zdan kechirgan "Nihol shoes", "Belissimo women shoes" tsexlarida ishlab chiqarilayotgan ayollar poyabzallari sifati bo’yicha xorij brendlari bilan bellasha oladi. Oyiga 7-8 ming dona poyabzallar tayyorlanib, qo’shni davlatlarga ham yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, Nurafshon MFYda 1 sotix yer maydonida qo’ziqorin yetishtirib, 100 mln. so’m daromad topayotgan tadbirkorlar xonadoniga ham borildi.

Tuyagum mahallasida yashovchi Muhammadjon Muxtorov 5 yildan buyon parrandachilik bilan shug’ullanib keladi. 4 sotix tomorqasida noyob qushlar va tovuqlarni parvarishlab kelmoqda. 15 xildan ziyod qush va tovuqlari bor. Rossiya, Germaniya, Turkiya va Belgiya davlatlaridan noyob tovuqlarning tuxumlarini olib kelib ko’paytiradi. Qushlarni esa Rossiya va Qozog’iston davlatlariga sotadi. Shu mahallada yashovchi Rustamjon Tursunov esa o’z xonadonida 5 turdagi 1000 dan ziyod qushlarni parvarishlab oyiga o’rtacha 10 mln. so’m daromad ham topmoqda.

Xonadonlarda bo’lgan viloyat hokimi mahalla yettiligiga mahalladagi ishsizlarni ushbu faoliyatga o’rgatish va mahallada qush va parranda boqishni ko’paytirish bo’yicha topshiriq berdi.

Dildora Saidahmedova shahardagi Tadbirkorlar uyi binosidan joy olib, tikuvchilik faoliyatini yo’lga qo’ydi. 15 nafar ayol-qizlarni yoniga olib, ish bilan ta'minladi. Oylik 8-10 ming dona erkak va ayollar kiyimlari tayyorlanmoqda. “Sarobil” brendi ostida chiqayotgan mahsulotlar mahalliy bozorga yetkazib berish bilan birga Qozog’iston va Rossiyaga ham eksport qilinmoqda.

O’rganishlar chog’ida mahalliy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyihalar taqdimoti ham o’tkazildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram